Matematika fani
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
5-10-sinflar Yosh matematiklar
MMIBDO’: __________________
www.Infoedu.uz Sana:________________ 9-Mavzu: Masalalarni tenglamalar sistemasi yordamada yechish. Masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish ko`pincha quyidagi sxema bo`yicha olib boriladi, ya'ni: 1) noma'lumlar uchun belgilashlar kiritiladi va masala mazmuniga mos tenglamalar sistemasi tuziladi; 2) tenglamalar sistemasi yechiladi; 3) masala shartiga qaytib, javob yoziladi. Masala. Agar ikki son yig`indisining ikkilangani ularning ayirmasidan 5 ta ortiq, shu sonlar yig`indisining uchlangani esa ular ayirmasidan 8 ta ortiq bo`lsa, bu sonlarni toping. 1) Tenglamalar sistemasini tuzish. Aytaylik, x, y — izlanayotgan sonlar bo`lsin. Bu holda masalaning shartiga ko`ra, quyidagiga ega bo`lamiz: (3) 2) Sistemani yechish. Avval (3) sistemaning tenglamalarini soddalashtiramiz: (4) (4) dagi ikkinchi tenglamani hadlab, 2 ga bo`lamiz va uni birinchi tenglamadan ayiramiz: _ x + 3y = 5 x + 2y = 4 ___________ y = 1 y = 1 ni (4) sistemaning birinchi tenglamasiga qo`yib, x + 3·1 = 5, x = 2 ekanini topamiz. Javob. Izlanayotgan sonlar 2 va 1. ▲ 1-masala: 13000 so`mga 4 kg shakar va 7 kg oliy navli un sotib olindi. Agar 3 kg un ikki kilogramm shakardan 1300 so`m qimmat tursa, 1 kg shakar va 1 kg unning narxini toping. A 1150 so`m, 1250 so`m www.Infoedu.uz B 1150 so`m, 1200 so`m C 100 so`m, 1350 so`m D 1200 so`m, 1100 so`m 2-masala Birinchi o`quvchi 3 soat ikkinchisi esa 2 soat ishlab birgalikda 36 ta detal tayyorlaganlar. Agar ular birgalikda 1 soatda 14 ta detal tayyorlashgan bo`lsa, har biri nechtadan detal tayyorlaganlar? A 24 ta, 12 ta B 30 ta, 16 ta C 18 ta, 18 ta D 14, ta 22 ta 3-masala Bolalar bog`chasi uchun kilogrami 2000 so`m va 2500 so`mlik ikki xil 10 kg pechenye sotib olindi va hammasiga 22000 so`m to`landi. Har turdagi pechenyedan necha kilogram olingan? A 6 kg, 3 kg B 5 kg, 5 kg C 6 kg, 4 kg D 3 kg, 7 kg 4 -masala 4 ta ot va 10 ta sigir uchun kuniga 88 kg ozuqa ajratishdi. Agar 2 ta otga 5 ta sigirga qaraganda 4 kg ortiq berishganligi ma`lum bo`lsa, har bir otga va har bir sigirga kuniga qanchadan ozuqa berishgan? A 12 kg, 3 kg B 10 kg, 6 kg C 12 kg, 4 kg D 12 kg, 6 kg Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling