Matematika fani
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
5-10-sinflar Yosh matematiklar
MMIBDO’: __________________
www.Infoedu.uz Sana:________________ 10-MAVZU:Rim raqamlari. Rim raqamlarini har bir madaniyatli kishi bilishi kerak, chunki ulardan hamon sanalarni yozishda, ro’yxatlar tuzishda, kitoblardagi bob va bo’limlarni belgilash va boshqa shu kabi ishlarda foydalanib kelinmoqda. O’quvchilarga quyidagi jadval ko’rsatiladi va rim raqamlari hamda ularning o’nli sanoq sistemasidagi qiymatlari tushuntiriladi. Rim raqamlari I V X L C D M Ularning qiymati 1 5 10 50 100 500 1000 Rim raqamlarining kelib chiqishi bevosita lotin alfabitidagi harflar nomi bilan bogliq: I-,,i”; V-,,ve”; X-,,iks”; L-,,el”; C-,,se”; D-,,de”; M-,,em”; bu harflar yordamida miliongacha bo’lgan istalgan sonlar yozilgan. Sonlarni rim raqamlari bilan yozishda ma’lum qoidalar bor, ya’ni bitta raqam bir sonni yozishda uch martadan ortiq yonma yon yozilmaydi. Yozilish tartibi: I-bir; II-ikki; III-uch; IV-to’rt; V-besh; VI-olti; VII-yetti; VIII-sakkiz; IX-toqqiz; X-o’n. Shunga o’xshash 20-XX gacha bo’lgan sonlarni ham xuddi shunday usulda yozish mumkin: XI; XII; XIII; XIV; XV; XVI; XVII; XVIII; XIX; XX;…… Rim raqamlari bilan yozilgan sonlar qiymatini aniqlashda shunga e’tibor berish kerakki, agar kichik raqam katta raqamning chap tomoniga yozilgan bo’lsa, katta raqamdagi birliklar sonidan kichi raqamdagi birliklar sonini ayriladi. Agar kichik raqam katta raqamning o’ng tomoniga yozilgan bo’lsa, katta raqamdagi birliklar soniga kichik raqamdagi birliklar soni qo’shiladi. 1-misol. XXXVII=10+10+10+5+1+1=37 CLXIII=100+50+10+1+1+1=163 CXL=100+(50- 10)=140 XL=50-10=40 2-misol. 102=100+2=CII 374=100+100+100+50+10+10+(5-10)=CCCLXXIV 29635 kabi katta sonlar quyidagi ko’rinishda yoziladi: XXIXmDCXXXV=(10+10+(10-1))m+500+100+10+10+10+5 kichik m harfi lotincha mille so’zidan olingan bo’lib, ming sonini belgilaydi. Mashqlar: • Quyidagi sonlarni arab raqamlari bilan yozing: XXIII, XXXIV, DXIV, MDCLXVI, DmIX, MCXLVI, XXXIV, XXIX, CDXXI, CMIII, MCMXLV. • Ushbu sonlarni rim raqamlari bilan ifodalang: 49, 574, 1147, 1974, 5003. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling