7 - nazorat ishi
I variant
1. To‘gri burchakli uchburchakning balandligi uning gipotenuzasini 3 va 12 bo‘laklarga bo‘lgan bo‘lsa, shu balandlik uzunligini toping.
2. To‘gri burchakli uchburchak katetlarini gipotenuzasiga bo‘lgan proeksiyasi
5 va 10 ga teng bo‘lsa, shu uchburchakning katta katetini uzunligini toping.
3. Aylana tashkarisida olingan nuktadan aylanaga urinma va kesuvchi o‘tkazilgan bo‘lib, ularning yigindisi 84 sm. ga teng. Kesuvchining tashqi kesmasi urinmaning uzunligidan 9 sm qisqa. Urinmaning uzunligini hisoblang.
4. Sirkul va chizgich yordamida uzunliklari 1sm va 2 sm bo‘lgan kesmalar o‘rtasida o‘rta proporsional bo‘lgan kesmani yachang.
II variant
1. To‘gri burchakli uchburchakning balandligi uning gipotenuzasini 4 va 9 bo‘laklarga bo‘lgan bo‘lsa, shu balandlik uzunligini toping.
2. To‘gri burchakli uchburchak katetlarini gipotenuzasiga bo‘lgan proeksiyasi
5 va 15 ga teng bo‘lsa, shu uchburchakning katta katetini uzunligini toping.
3. Aylana tashqarisida olingan nuktadan aylanaga urinma va kesuvchi o‘tkazilgan. Kesuvchining uzunligi 10 sm bo‘lib , uning ichki kesmasi tashqi kesmasidan urinmaning uzunligi qadar uzun. Urinmaning uzunligini hisoblang.
4. Sirkul va chizgich yordamida uzunliklari 3sm va 4 sm bo‘lgan kesmalar o‘rtasida o‘rta proporsional bo‘lgan kesmani yasang
IV CHORAK
Geometria IX sinf Yozma ish № 8
I variant
1.Berilgan va kesmalarga o’rta proporsional kesmani yasang.
2.Bir nuqtadan aylanaga kesuvchi va urinma o’tkazilgan, bunda kesuvchi tashqi kesmasi 3 dm va ichki kesmasi 9 dm li kesmalarga bo’lingan. Urinmaning uzunligini toping.
3.Aylananing bir nuqtasidan 32 sm li diametr va 14 sm li vatar o’tkazilgan. Vatarning diametrdagi proyeksiyasini toping.
4.Uzunligi 13 m bo’lgan narvon devorga tiralgan. Uning pastki uchi devor asosidan 5 m narida joylashgan. Narvonning ikkinchi uchi qanday baladlikda joylashgan ?
II variant
1. Berilgan va kesmalarga o’rta proporsional kesmani yasang.
2. Bir nuqtadan aylanaga kesuvchi va urinma o’tkazilgan, bunda kesuvchi tashqi kesmasi 3 dm va ichki kesmasi 9 dm li kesmalarga bo’lingan. Urinmaning uzunligini toping.
3.Aylana radiusi 8 sm ga, vatar esa 12 sm ga teng. Vatarning uchidan diametr o’tkazilgan. vatarning diametrdagi proyeksiyasini aniqlang.
4. Uzunligi 17 m bo’lgan narvon devorga tiralgan. Uning ikkinchi uchi 15 m balandlikdagi tirqishga yetishi uchun pastki uchini devor asosidan qancha masofa nariga surish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |