Matematika-informatika fakulteti


Algoritm va uning xossalari


Download 163.06 Kb.
bet2/11
Sana03.12.2023
Hajmi163.06 Kb.
#1797604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Algoritmik tillar va dasturlash

Algoritm va uning xossalari: Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algorithmga har xil ta'rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma'no jihatdan bir-biriga juda yaqin bo'lib, bu ta'rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi.
Ta'rif. Algoritm deb, qo'yilgan masalani echish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi. Har qanday algorithm ma’lum ko'rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko'rsatmalarga buyruq deyiladi.
Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega: Aniqlik va tushunarlilik - deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko'rsatmalar aniq mazmunda bo'lishi tushuniladi.
Ommaviylik - deganda har bir algoritm mazmuniga ko'ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o'rinli bo'lishi tushuniladi.
Natijaviylik - deganda algoritmda chekli qadamlardan so'ng albatta natija bo'lishi tushuniladi.
Diskretlik - deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo'laklash imkoniyati tushuniladi.
Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma'lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko'rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algorithmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so'z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
Kurs ishi maqsadi va vazifalari:
Uzluksiz ta’lim tizimi, xususan, kasbiy ta’limni rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor maqsadlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotining murakkab hamda ko’p turdagi ehtiyojlarini qondirishga qodir bo’lgan yetuk rahbar kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish.
Birinchidan: Jamiyatimizda tubdan isloh etilgan ta’lim tizimi bilan tanishish va ularning bugungi hayotimizda tutgan o’rnini aniqlash. Bugungi kunda ta’lim tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
Ikkinchidan: Yetuk kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish.
Bundan ko’zlangan maqsad ma’naviy so’glom va yetuk kadrlarni tarbiyalash hamda bu orqali boshqaruv jarayonini yanada demokratlashtirish edi. Ilmiy tadqiqotning yangiligi ham shu bilan ifodalanadi.



Download 163.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling