- Innovatsion pedagogik texnologiyaning asosiy talablari ta'limni yuqori darajada tashkil etish uchun maqsad, vazifalari aniq belgilash, ta'lim natijasini oldindan belgilab olish, darsni to’liq o’zlashtirilishiga erishish uchun dars usullarini to’g’ri tanlash hamda zaruriy ta'lim vositalari –o’quv qurollari, ko’rgazmali materiallar, texnika vositalari va boshqa kerakli shart-sharoitlarni tayyorlash va dars maqsadiga to’liq erishishdan iboratdir.
- Pedagogik texnologiya quyidagi o’qitish texnologiyalaridan tarkib topadi:
Pedagogik texnologiya tamoyillari Muammoli o’qitish - bu eng samarador o’qitish texnologiyasidir. Muammoli o’qitishning moxiyati shundaki, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning ta'lim olishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammolarni va savollarni xal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Didaktik o’yin texnologiyasi Didaktik o’yinlar orqali o’qitish o’quvchilarning jismoniy, ruxiy xolatini me'yorlashtirish bilan birgalikda ularni yangi mavzuni o’rganishga bo’lgan diqqatini va xotirasini ham jamlaydi. Didaktik o’yin orqali darsni tashkil etishda ham bolalarning olgan bilimlari xisobga olinishi kerak. O’yinlarning mazmuni oldin o’tilgan mavzular bilan uygunlashgan bo’lishi talab etiladi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Xamkorlikda o’qitish o’quvchi shaxsiga o’ta e'tiborli munosabatda bo’lish bilan birgalikda boladagi bilishga bo’lgan ishtiyoqni rivojlantirish va chuqur bilim olishga sharoit yaratishni ko’zda tutadi. Pedagogik texnologiya tamoyillari Dasturlashtirilgan o’qitish texnologiyasi Dasturlashtirib o’qitish - bugungi zamonaviy dars turi bo’lib, bolalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini oshirish bilan birgalikda ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini ham orttiradi. Dasturlashtirib o’qitish texnologiyasini 1950-yillarda amerikalik psixolog B.Skinner ishlab chikkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |