Matematika o’qitishda innovatsion va pedagogik texnologiyalarning roli va ahamiyati


Download 76.19 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi76.19 Kb.
#1511127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Diplom ishimga tayyorgarli

Ta’limiy vazifa o’quvchilar tomonidan matematika fani uning usullari va tatbiqlari xaqidagi tassavurni hosil qiluvchi matematik bilimlar tizimini o’zlashtirishni nazarda tutadi. Ta’limiy vazifa maktab o’quvchilarining bilimlar, bilishlar va ishonchlarning sintezi bo’lgan dunyoqarashini rivojlantirishni ta’minlaydi.
Tarbiyaviy vazifa matematikani o’rganishga qiziqishni shakllantirish, o’quv faoliatga motivatsiyni rivojlantirish bilan xarakterlanadi.
Rivojlantiruvchi vazifa shaxsning e’tibor, xotira, fikrlash, bilishli faollik va mustaqillik, qobiliyatlar kabi sifatlarini va bilishli psixologik jarayonlarini shakllantirish va shu bilan birga fikrlash faoliyatining mantiqiy usullarini (tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish va boshqalar), umumo’quv usullarini shakllantiriishdan iborat.
Information vazifa o’qish jarayonida o’quvchi matematik goyalarining paydo bo’lishi, ularning rivojlanish tarixi, olimlarning biografiyasi, u yoki bu g’oyalarga nisbatan turli nuqtainazarlar bilan tanishishidan iborat. Matematikani o’qish davomida o’quvchi yetarlicha katta xajmdagi axborotga ega bo’ladi, matematikaning turli tatbiqlari, matematika soxasida yangi kashfiyotlar bilan tanishadi.
Evristik vazifa o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonida bolaning qobiliyatining ruvojlanishini ta’minlovchi sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. O’qitishning evristik vazifasiga o’qituvchi tomonidan matematika o’qitishda evristik usullardan foydalanishi, ularni turli xollarda qo’llashni bilish kiradi.
Estetik vazifa o’quvchilarni go’zallikga jalp etish, ularda estetik didni tarbiyalashdan iborat. O’quv materiali mantiqiy ketma – ketlikda, tizimli va e’tiborni jalp etadigan xolda bayon etilishi kerak.
Amaliy vazifa o’qitishning real olam xodisalarini matematik nuqtai nazardan tekshirishni bilishini shakllantirishga oid masalalarni yechishni o’rgatishga yonaltirilganligidan, o’quv materialning amaliy ahamiyatga egaligidan iborat. Matematik bilimlarni rivojlantirish dastlabki zaruriyati aniq amaliy nasalalarni yechishda paydo bo’ladi.

Download 76.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling