16.
|
Matematika instituti tomonidan matematika fanini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha respublika va xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishini taklif etish va muvofiqlashtirish. Buning uchun:
matematika va uning tatbiqlarining dolzarb masalalari bo‘yicha konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishga doir takliflar ishlab chiqish;
respublika va xalqaro konferensiyalar ro‘yxatini Fanlar akademiyasi bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi loyihasiga kiritish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.
|
Institutning shaxsiy mablag‘lari,
homiylar mablag‘lari
|
Har yili
|
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov)
|
17.
|
Oliy o‘quv yurtlari bilan matematikaning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil qilish va o‘tkazish hamda respublikaning ixtisoslashtirilgan ilmiy-o‘quv markazlariga video (onlayn) translatsiyani ta’minlash. Buning uchun:
oliy o‘quv yurtlari bilan matematika fanining dolzarb masalalari bo‘yicha har chorakda kamida bir marta ilmiy seminarlar o‘tkazish dasturi loyihasini ishlab chiqish;
Matematika instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda seminarlarning video (onlayn) translatsiya bilan sifatli ishlashini ta’minlash.
|
Talab etilmaydi
|
2019-yil sentyabrdan boshlab muntazam ravishda
|
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov)
|