Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirishni tashkil qilish.
Buning uchun:
maktab o‘quvchilari uchun matematika fani bo‘yicha televizion o‘quv dasturining konsepsiyasini ishlab chiqish;
Matematika instituti tomonidan MTRK bilan birgalikda doimiy televizion dastur yaratilishini ta’minlash.
|
Talab etilmaydi
|
2019-yil oktyabr
2020-yil yanvardan boshlab
|
MTRK
(A. Xodjayev),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov)
|
19.
|
Institut ishlanmalarining muntazam ravishda yangilab turiladigan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish. Buning uchun:
elektron ma’lumotlar bazasi dasturini ishlab chiqish va uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab turilishini ta’minlash;
barcha manfaatdor tashkilotlarning ma’lumotlar bazasidan foydalanishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.
|
Talab etilmaydi
|
2019-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda
|
Matematika instituti
(Sh. Ayupov)
|
V. Ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish
|
20.
|
Muntazam maslahatlashuvlar va darsdan tashqari ishlash shaklida maktab va litseylarning iqtidorli o‘quvchilari bilan ishlash. Buning uchun:
o‘quvchilarni respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash uchun institut xodimlari va doktorantlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari tomonidan konsultatsiyalar va alohida mashg‘ulotlar o‘tiladigan maktab o‘quvchilari va talabalar uchun xo‘jalik hisobidagi o‘quv markazining samarali faoliyatini ta’minlash.
|
Xo‘jalik hisobidagi mablag‘lar, homiylar mablag‘lari
|
2020-yil
yanvar
|
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)
|
21.
|
|