Maktab o‘quvchilarining matematika fani bo‘yicha respublika olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazishda faol ishtirok etish. Buning uchun:
Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda respublika olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash;
Xalq ta’limi vazirligi, Matematika instituti tomonidan olimpiadaning yuqori darajada o‘tishini ta’minlash.
|
Ijrochilarning shaxsiy mablag‘lari, homiylar mablag‘lari
|
Har yili
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)
|
22.
|
Matematiklar terma jamoasi a’zolarini xalqaro maktab tanlovlari va olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash. Buning uchun:
terma jamoa a’zolarini tanlov va olimpiadalarga tayyorlash dasturini shakllantirish;
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun tizimli mashg‘ulot va konsultatsiyalar tashkil etish va o‘tkazish.
|
Ijrochilarning shaxsiy mablag‘lari, homiylar mablag‘lari
|
Har yili
|
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)
|
23.
|
Matematika institutining respublikadagi turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash. Buning uchun:
ta’lim jarayonini tashkil etish va takomillashtirishda Matematika instituti xodimlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish uchun oliy o‘quv yurtlarning aniq kafedralarini belgilab olish;
Matematika institutida ilmiy-tadqiqot guruhlarini shakllantirishda oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibidan ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash;
Matematika institutida magistrlik dissertatsiyalari bajarilishini ta’minlash;
yosh olim va magistrantlar uchun ilmiy materiallarni tayyorlash, yozish va chop etish bo‘yicha o‘quv seminarlari va treninglar tashkil qilish;
Matematika instituti va turdosh oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida shartnomalar tuzish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash.
|
Talab etilmaydi
|
2019-yil avgust
|
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
huzurida idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar
|
24.
|
|