I. Matematika va uning tatbiqlari sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish
|
1.
|
2020 — 2024-yillarda matematika va uning tatbiqlari sohasidagi tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash. Buning uchun:
mamlakatimizning matematika sohasidagi ilmiy maktablarida olib borilayotgan tadqiqotlarning hozirgi holatini, uning uzluksiz ta’lim tizimidagi roli va o‘rnini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi amaliy vazifalarni hal etishda ishlab chiqilayotgan matematik uslublarga bo‘lgan ehtiyojni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish;
matematika ilmiy maktablarining alohida yo‘nalishlarida hududlarning mavjud salohiyati hisobga olinib, malakali ekspertlarni jalb qilgan holda respublikamizda matematika sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirlig�, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda matematika va uning tatbiqlari sohasidagi tadqiqotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlash.
|
Talab etilmaydi
|
2019-yil
sentyabr
2019-yil
noyabr
2019-yil
dekabr
|
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2.
|
Tegishli huquqiy bazani yaratgan holda, akademik institutlarning tarkibiy bo‘linmalari ratsional faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini optimallashtirish. Buning uchun:
ilmiy yo‘nalishlar, laboratoriyalar, turli bo‘linmalar, ularning maqsad va vazifalari, shtatlari sonini shakllantirishning amaldagi mexanizmini tanqidiy tahlil qilish;
akademik institutlarning ularning yuklatilgan ilmiy tadqiqot vazifalarini samarali bajarishi hamda faoliyatining natijadorligini ta’minlash uchun ularn�ng tarkibiy bo‘linmalarini shakllantirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash;
akademik ilmiy-tadqiqot muassasalarining tarkibiy bo‘linmalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash hamda Respublika fan va texnologiyalar kengashiga kiritish.
|
Talab etilmaydi
|
2019-yil
noyabr-dekabr
2020-yil fevral
|
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov) va Fanlar akademiyasi tizimidagi boshqa institutlar,
Moliya vazirligi,
(J. Qo‘chqorov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)
|
3.
|
Respublikada so‘nggi 10 yilda matematika sohasidagi tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish hamda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ulardan foydalanish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqish. Buning uchun:
so‘nggi 10 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan foydalanish hamda amalda qo‘llash bo‘yicha tahliliy xulosalar tayyorlash;
aniq takliflar ishlab chiqish hamda 2019 — 2022-yillarda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini tayyorlash;
Fanlar akademiyasi tomonidan 2019 — 2022 yillarda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanishga doir chora-tadbirlar dasturini belgilangan tartibda tasdiqlash va uning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.
|
Talab etilmaydi
|
2019-yil
oktyabr
2019-yil noyabr
2019-yil
dekabr
|
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar
|
4.
|
Institutda olib borilayotgan tadqiqotlarning ayrim yo‘nalishlarini chuqur fundamental izlanishlardan amaliy xususiyatga ega tadqiqotlar o‘tkazishga yo‘naltirish. Buning uchun:
xorijiy mamlakatlardagi matematika yo‘nalishidagi yetakchi institutlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida Matematika instituti tegishli bo‘linmalarining asosiy ilmiy yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish;
Matematika institutida matematik ishlanmalar va dasturiy mahsulotlarga doir aniq takliflarni shakllantirish bo‘yicha fizik, biolog olimlar, tibbiyot sohasi mutaxassislari, iqtisodchilar va boshqa manfaatdor mutaxassislar bilan maqsadli maslahatlashuvlar o‘tkazish;
Institutning muayyan ilmiy yo‘nalishlari�i fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yo‘naltirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, bunda vazifalar, muddatlar va bajarish mexanizmlarini aniq ko‘rsatish;
Fanlar akademiyasi va Matematika instituti tomonidan Institutning muayyan ilmiy yo‘nalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yo‘naltirish, shuningdek, yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash.
|
Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida
|
2019-yil dekabr
2020-yil
yanvar
2020-yil fevral
2019-yil dekabr
|
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov)
|
5.
|
|