Matematika tarixi
-§. Differentsial va integral hisobi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematika tarixi (A.Normatov)
2-§. Differentsial va integral hisobi
Reja: 1. Differentsial va integral hisobining dastlabki kurtaklari: B.Kavelьeri, P.Ferma, B.Paskalь, Dj. Vallis, I.Borrou. 2. Nьyuton va Leybnitsning differentsial va integral hisobi. 3. Nьyuton hayoti va ijodi, izdoshlari. 4. Leybnits hayoti va ijodi, izdoshlari. Dastlab integratsion metodlar bilan tanishaylik. Bu sohadagi dastlabki ishlar 1615 yili Keplerga taaluqli. Metodning mazmuni – aktual cheksiz kichik miqdorlar bilan bevosita amallar bajarishdan iborat. Butun umri davomida Kopernikning geliotsentrik sistemasini o’rganish, rivoj- lantirish va targ’ib qilishga bag’ishlangan, 1609 – 19 yillar orasida planetalar haraka- tiga oid bo’lgan: 1) planetalar ellips bo’ylab harakat qiladi; 2) quyosh ularning fokuslaridan birida joylashgan; 3) planetalarning radius-vektorlari bir xil vaqt oralig’ida teng sektorial yuzalar- ni hosil qiladi; 4) planetalarning quyosh atrofida aylnish vaqtining kvadrati ular orasidagi o’rtacha masofalarning kubiga nisbati kabidir. www.ziyouz.com kutubxonasi 60 6-rasm Bu masalalarni hal etish cheksiz kichik miqdorlardan foydalana bilishni taqozo etardi (sektorialь yuzalarni hisoblash, o’rtacha masofalar ... ). Bu metodni u 1615 yilda e’lon qilgan “Vino bochkalarining stereometriyasi” asarida bayon etadi, ya’ni har qanday figura yoki jism cheksiz kichik bo’laklar yig’indisidan tashkil topgan. Masalan, doira cheksiz ko’p cheksiz kichik sektorlardan tashkil topgan bo’lib, bularni har birini teng yonli uchburchak sifatida qarash mumkin. Bunda hamma uchbur- chaklar bir xil balandlikka (radius), ularning asoslarining yig’indisi aylana uzunligiga teng deydi. Bu metodni u uncha bo’lmagan geometrik figuralar va jismlarga tadbiq etadi, jami 92 ta. Arximeddan qabul qilingan bu usulni Kepler namunali misol- larda ko’rsatishi, bu usulni kelajagi porloq ekanligini ko’rsatadi. Bu metodni ilmiylik darajasiga ko’tarish va doimiy algoritmni ishlab chiqish shu zamon olimlarini o’ziga jalb qildi. Bulardan etarlicha mashxur bo’lgani Kavalьeri printsipi deb nomlanuvchi bo’linmaslar geometriyasidir. Bonaventura Kavalьeri (1598-1674) o’.o’alileyning shogirdi, Bolonьya universitetining professori. Bu fikrni u 1621 yilda aytgan bo’lib, 1629 yilda kafedra professorligiga o’tayotganda sistemali ravishda bayon etadi. Bu bo’linmaslar metodini takomillashtirish natijasida 1635 yilda “Uzluksizlarni bo’linmaslar yordamida yangi usulda bayon etilgan geometriya” kitobini va 1647 yilda “Olti geometrik tajriba” nomli kitoblarini yozdi. Endi metodning mohiyati bilan tanishaylik. Dastlab bo’linmaslar metodi tekis figuralar va jismlarning o’lchamlarini aniq- lash uchun kashf etilgan. Figuralar regula deb ataluvchi yo’naltiruvchi to’g’ri chiziq- qa parallel o’tkazilgan to’g’ri chiziq kesmalaridan iborat deb qabul qilinadi. Bu ta- savvur qilingan kesmalar cheksiz ko’p. Ular juftlar deb ataluvchi ikki urinma orasida joylashgan va bu urinmalar regulaga parallel olingan. Regula sifatida bu urinmalarn- ing birini olish mumkin. o’eometrik jismlar ham shu ko’rinishda regula sifatida olingan biror tekislikka parallel o’tgan tekisliklar bo’linmaslar deb olinadi. Bular ham cheksiz ko’p bo’lib, regulaga parallel bo’lgan urinma tekisliklar orasida joylashgan. Odatda bularning biri regula sifatida olinadi. Endi metodning mazmuni bilan tanishaylik. Tekis figuralar va jismlarning bir-biriga nisbati ularning barcha bo’linmaslarining nisbati kabidir, agarda bo’linmaslar bir-biriga bir xil nisbatda www.ziyouz.com kutubxonasi 61 bo’lsa, u holda mos figuralarning yuzalarining (hajmlarining) nisbati o’sha nisbatga teng, ya’ni: const a k y k y , dx ) x ( f dx ) x ( f k y k y S S 2 1 a a 2 b a 1 1 k 2 1 k 1 2 1 ixtiyoriy k uchun. U holda S 1 :S 2 =k Bu teoremani Kavalьeri bo’linmaslarning darajalarini nisbatiga ham tadbiq etib, а 0 n 9 ..., , 2 , 1 n , dx х aniq integralni hisoblash masalalariga olib keldi. o’.o’alileyning ikkinchi shogirdi E.Torrichelli (1608-1647) egri chiziqli bo’linmaslarni kiritdi. Metodning mohiyati va mazmuni Kavalьeriniki kabi. XVII asrning birinchi yarmiga kelib aniq integral geometrik figuralarni yuzasini va hajmini hisoblash uchun asosiy qurol bo’lib qoldi. Faqat nazariyadagi to’liqmasliklarni bartaraf etish qolgan edi. Bu borada Paskalь, Ferma, Vallis va Borrou ishlari diqqatga sazovordir. Shular bilan qisqacha tanishib chiqaylik. Paskalь ishlari Kovalьeri printsipiga yaqin bo’lib, u barcha bo’linmaslarning yig’indisini elementar yuzachalarning yig’indisi ko’rinishida tushundi. Bu yuzachalar quyidagicha chegaralangan: abtsissa o’qi kesmasi va egri chiziq bilan hamda bir- biriga cheksiz yaqin va bir xil masofada bo’lgan ordinatalar bilan chegaralangan, ya’ni ydx . Ferma esa Paskalьdan ilgari ketdi. U bo’lishni ixtiyoriy qilib oldi. Natijada a 0 n dx x da n-kasr va manfiy hol uchun hisoblash imkoni bo’ldi. Jumladan х 0 q p . 0 q , 0 p , dx х Demak, qaralayotgan yuza [O, X] abstsissa, egri chiziqning ikki eng chekka ordinatasi va x p =u q egri chiziqlar bilan chegaralangan. Integrallash intervali koordi- natalarida x, 1 a ... , x a , ax 2 bo’lgan kesmalarga bo’linadi. Keyingi operatsiya x, u, x y , x y larni xisoblashga va keyin “polo- sa”ning enini cheksiz kichraytirishga o’tish bilan geometrik progressiyaning yig’indisini xisoblashga keltiradi. x y y x Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling