Matematika tarixi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana30.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1734196
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
Matematika tarixi (A.Normatov)

Isaak Nьyuton 1642 yili Kembridj (Angliya) yaqinidagi Vulstorpda fermer oi-
lasida tug’ildi. 1668 yili magistr darajasini oladi. 1669 yili ustozi Borrou unga kafe-
dra mudirligini bo’shatib berdi. 
1701 yilgacha u shu erda ishlaydi. Keyin pul zarb etadigan boshqarmaning 
boshlig’i bo’lib ishlaydi. U London qirollik jamiyatiga 1672 yili a’zolikka, 1703 yili esa 
prezidentilikka saylandi. 
Nьyuton ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari: 
Fizika, mexanika, astronomiya va matematikadir. 
Klassik mexanikaning asosiy qonunlari. Butun olam tortishish qonuni, yo-
rug’likning spektral taqsimlanishi, deferentsial va integral hisobining yaratilishi
uchinchi tartibli tekis sirtlarni 72 xilda sinflarga ajratadi, ratsional koeffitsentli butun 
ratsional funktsiyani huddi shunday bir necha funktsiyani ko’paytmasida ifodalash 
va boshqa ko’pgina ilmiy kashfiyotlar muallifidir. 
Nьyutonni o’z zamondoshlariga ta’siriga baho berish juda og’ir, chunki u o’z 
kashfiyotlarini doim kech e’lon qilgan. Ko’plari esa o’limidan keyin. 
"Boshlang’ichlar" – 1686 yili, "Ommabop arifmetika" – 1707 yili, "Flyuksiyalar 
nazariyasi" – 1736 yili. 
o’ottfrid Vilьgelm Leybnits 1646 yili Leyptsigda professor oilasida tug’ildi.
Leyptsig universitetini bitiradi. 1673 yildan London qirollik jamiyatining, 1700 yildan 
Parij F.A. a’zosi. Berlindagi va Peterburgdagi akademiyalarning tashkilotchisi. Un-
ing ilmiy dunyoqarashi: tabiat fanlari, fizika, falsafa, huquq, til va adabiyot, mate-
matika. 
1673 yilgacha asosan kombinatorika masalalari bilan shug’ullanadi.
1673-76 yillarda Parijda o’yuygens bilan uchrashgan va Dekart, Vallis, Paskalь 
ishlari bilan tanishgan Leybnits gemetrik usulda diferentsial va integral hisobini 
kashf etadi va 1684 yili 6 betda jurnalda e’lon qiladi. 
Shundan so’ng aka-uka Bernullilar bilan birga analizning ko’plab teoremalari-
ni kashf etadi. 1693 yilda determinantlar nazariyasiga asos soladi va bir qancha qoi-
dalarni ochadi. Uning ishini aka-uka Bernullilar davom ettiradilar. 
Tekshirish savollari: 
1. Differantsial va integral hisobiga olib keluvchi tushunchalarni izohlab ber-
ing. 
2. Nьyutonning differentsial hisobi qanday?. 
3. Leybnitsning differentsial hisobi qanday?. 
4. Nьyuton va Leybnits hayoti va ijodi. 
5. Ularning izdoshlari haqida nimalar bilasiz?.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling