Matematika tarixi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematika tarixi (A.Normatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik analiz
3-§. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida matematika. Matematikaning turli bo’limlarining paydo bo’lishi Reja: www.ziyouz.com kutubxonasi 67 1. XVIII asr matematikasi: Parij, London, Berlin Fanlar Akademiyalari. 2. Peterburg Fanlar akademiyasi. L.Eyler hayoti va ijodi. Rossiya matematika- sining rivojidagi roli. 3. Funktsiya tushunchasining rivojlanishi. 4. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida matematika. XVIII asrda Evropada kapitalistik ishlab chiqarish usuli qaror topadi. Jamiyatn- ing va ekonomikaning rivoji, ya’ni kapitalistik jamiyatning shakllanishi, ideologik kontseptsiyalarning: sotsial masalalarni, fanni, madaniyatni va boshqa sohalarni qayta ko’rib chiqishga olib keladi. Sanoat revolyutsiyasi, jahon bozorining vujudga kelishi va bular bilan bog’liq bo’lgan dengizda suzish, kemalar qurish, harbiy texni- ka, issiqlik texnikasi, gidroenergetika va shunga o’xshash boshqa jamiyatning ama- liy ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan fanlar jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. Ilmiy tekshirishlarni yo’lga qo’yish uchun katta shaharlarda maxsus tashkilotlar – fanlar akademiyalari tashkil eta boshlandi. Davlat qaramog’idagi bu FA lariga qirollar xomiylik qiladilar (eslang! O’rta asr sharq). Frantsuzlar: Dalamber, Lagranj, Laplas, Monj, Lejandr, Klero. Inlglizlar: Teylor, Makloren, Stirling. Nemislar: Lambert, o’auss, Leybnits. Shvetsariyalik (Bazelь): Bernullilar denastiyasi, L.Eyler. Asr boshida matematika ahvoli quyidagicha edi: Matematik analiz – differentsial va integral hisobi rivojlanishi bilan uning yu- qori bosqichi differentsial tenglamalar nazariyasi va variatsion hisobi shakllana bor- di. Ќali o’zini tasdig’ini topmagan cheksiz kichiklar analizi metodi bilan echiladigan masalalar doirasi kengayib boradi. Algebra – mukammal harfiy-simvolik apparat yaratilgan bo’lib, algebraik ten- glamalar nazariyasi va determinantlar nazariyasining yaratilishi. Istalgan darajali algebraik tenglamani echishning umumiy usulini yaratish borasidagi urinishlar bilan bog’liq. Arifmetik hisoblashlar metodi – logarifmlar va ular bilan bog’liq ko’plab jad- vallardan foydalanishlar, hisoblash qurilmalaridan Shikkarda, Paskalь, Leybnits arifmometrlari, logarifmik shkala va boshqalarning yaratilishidir. Manfiy sonlar va o’nli kasrlarning ommaviylashmagani bu boradagi kamchilikdir. o’eometriya – elementar qismi va trigonometriya bo’limi bilan bir qatorda hali yangi bo’lgan analitik geometriyadan foydalanish (Dekart, Ferma). Differentsial hi- sobining geometrik tadbiqi differentsial geometriyaga asos soldi (Kavalьeri, Vallis, Leybnits). Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling