Matematika va kompyuter ilmlari
Download 56.97 Kb.
|
BBBT Yuldosheva N 020-201
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlashtirish amali Relatsion algebrada: A UNION B SQL operatori; SELECT * FROM A UNION SELECT * FROM B; Ayirish amali
- Tutashtirish amali
- Kesishish amali
Dekart ko'paytmasi amali
Relatsion algebrada: A TIMES B SQL operatori: SELECT A. *, B. * FROM A, B; yoki SELECT A. *, B. * FROM A CROSS JOIN B; Nusxalash amali Relatsion algebrada: A[X,Y,...,Z] SQL operatori: SELECT DISTINCT X,Y , . . ., Z FROM A; Tanlash amali Relatsion algebrada: A WHERE c SQL operatori: SELECT * FROM A WHERE c; Birlashtirish amali Relatsion algebrada: A UNION B SQL operatori; SELECT * FROM A UNION SELECT * FROM B; Ayirish amali Relatsion algebrada: A MINUS B SQL operatori: SELECT * FROM A EXCEPT SELECT * FROM B; Tutashtirish amali Relatsion algebrada: (A TIMES B) WHERE c SQL operatori: SELECT A . * , B . * FROM A,B WHERE c; yoki SELECT A. * ,B. * FROM A CROSS JOIN B WHERE c; Boshqa turdagi tutashtirishlarni biz yuqorida ko'rsatganmiz. Kesishish amali Relatsion algebrada: A INTERSECT B SQL operatori: SELECT * FROM A INTERSECT SELECT * FROM B; Bo'lish amali Relatsion algebrada: A(X,Y) DEVIDE BY B(Y) SQL operatori: SELECT DISTINCT A.X FROM A WHERE NOT EXISTS (SELECT * FROM B WHERE NOT EXISTS (SELECT * FROM A A1 WHERE A1 . X=A. X AND A1 . Y=B.Y) ) ; BBBT FUNKSIONAL IMKONIYATLARI Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishini taqozo qiladi. Informatsion texnologiyalarda axborotlarni kompyuterlarda qayta ishlash kun sayin rivojlanmoqda va jamiyatning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Shu bois, kompyuterda ma’lumotlarnining saqlanishi va u bilan bog’liq bilimlarga ega bo’lish muhim hisoblanadi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun berilganlar bazasi (BB)ni yaratish, so’ngra undan keyin foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Kompyuterdagi Ma’lumotlar - Ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Ular maxsus dasturlar - Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari yordamida boshqariladi. Berilganlar bazasini boshqarish tizimi – (BBBT-DVMS-Data Base Management System) Ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash hamda boshqarish haqidagi universal dasturlar vositasidir. Berilganlar bazasi (MB-DV-Data Base) ma’lum bir sohaga tegishli bo’lgan ma’lumotlar to’plamidir. Berilganlar bazasi BBBT orqali qayta ishlanadi. Bugungi kunda ma’lumot (berilgan)lar muhim hayotiy milliy resurslar sifatida qo’llaniladi. Bu resurslarii shunday tashkil etish lozimki, unan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Shunday qilib, Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularii ma’lum bir texnologiya asosida yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammoni yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Bu texnologiyaning asosini Ma’lumotlar bazasi(MB) va banklari(MBn) tashkil etadi. Ma’lumotlar bazasi va banklaridan foydalanish o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plamlariga kirishni, ulardan foydalanish hamda ishlashni avtomatlashtiradi, ma’lumotlarni yangilash, keraksiz bo’lganini yo’qotishni avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasini normal ishlatish uchun u quyidaga xususiyatlarga ega bo’lishi kerak: 1. BB dagi ma’lumotlarning bir nusxali bo’lishi. Aks holda xotirada saqlanadigan ma’lumotlar ikki nusxada bo’ladigan bo’lsa, bu qarama-qarshilikka olib keladi. 2. Ma’lumotlarni birgalikda ishlata olish imkoni, ya’ni BBga ko’p foydalanuvchilar yoki ko’pgina dasturlar tomonidan murojaat qilish imkoni bo’lishi kerak. 3. BBni kengaytirish imkoni, ya’ni BBga yangi ma’lumotlarni kiritish va BB tarkibiga yangi ob’ektni kiritish imkoni bo’lishi kerak. 4. BB bilan ishlash qulayligi, ya’ni BBning tarkibi dasturlovchi va foydalanuvchi uchuny oddiy, tushunarli shaklda bo’lishi kerak, bu BB ustida bajarilayotgan amallar oddiy ko’rinishga ega bo’lishi kerak. 5. BBga effektiv murojaat qilish vaqti qancha kam bo’lsa, BB bilan ishlash unumdorligi shuncha yuqori bo’ladi. 6. BB ning o’zaro mosligi, ya’ni ma’lumotlarning fizikaviy saqlanganligi va mantiqiy mosligi (ma’lumotlar bir-biriga mantiqiy qarama-qarshi bo’lishi mumkin emas) hamda ma’lumotlarning faolligi. Ma’lumotlar banki (MB) deb, ma’lumotlarni markazlashtirgan tartibda yig’ish va kollektiv tarzda undan foydalanishni ta’minlovchi dasturlar, til hamda tashkiliy vositalar tizimiga aytiladi. Ma’lumotlar bankining komponentalariga Ma’lumotlar bazasi va BBBTlari kiradi. Ma’lumotlar banki istalgan ma’lumotlar to’plamiga tegishli bo’lishi mumkin, jumladan, mustaqil fayllar, BB va axborot qidiruv tizimlari. MBlarni keng miqyosda ishlatilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: - operativligi bilan (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan); - qulayligi bilan (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni takomillashtirish va o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi); - himoyalanganligi va yaxlitligi bilan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin emasligi hamda EHM texnik vositalarning nosozligidan himoyalanganligi. XULOSA Agar natijaviv jadvalni ustunlari bir nechta jadvallardan olinsa, bu jadvallarni tutashtirish kerak, buning uchun ular FROM konstruksiyasida berilishi kerak va ularni ulashda JOIN konstruksiyasi qo’llanilishi kerak. Jadvallarni to’plam nuqtai nazarda birlashtirish kesilish va ayirish uchun UNION, INTERSECT va EXCEPT kalit so’zlar ishlatiladi. INSERT operatori satr ustunlarini qiymatlarini o’zgartirish uchun qo’llanadi. DELETE operatori berilgan jadvaldan satrlarni olib tashlash uchun ishlatiladi. Ba'zan, MB ishlatilishi samaradorligini oshirish maqsadida uning tuzilishi ham o`zgartirilib turiladi. Bu holda MB ning iеrarxik va tarmoqli modеllari vujudga kеladi. MB ni tashkil qilish, uni to’ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish uchun maxsus dastur ta'minoti bo`lishi lozim. Bunday dastur ta'minoti MB (yuqorida qayd qilganimizdеk) dеyiladi. Mazkur tizimlar bir vaqtning o`zida bir nеcha foydalanuvchiga xizmat ko`rsata oladi, ya'ni ma'lumotlardan bir vaqtda bir nеcha kishining foydalanishi mumkin. Bunday MB larni tashkil qilishda yuqori darajadagi dasturlash tillari: Qipper, Paradox, FoxPro lar mavjud. Bu MB lardan Windows muhitida ishlash imkoniyatiga ega Microsoft Works 3.0, yangi tеxnologiya asosida ishlay oladigan «kliеnt - server»-SQL Windows Solo kabilarni kеltirish mumkin. Ammo, bu tillarda ishlab chiqilgan MB juda qimmat bo`lgani uchun Microsoft firmasi Microsoft Office tarkibida (kichik va o‘rta biznеs xodimlari uchun juda qulay bo`lgan va birmuncha arzon) Microsoft Access (Access 2.0 va Access-9x) ni ishlab chiqib amaliyotga tadbiq qildi. Download 56.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling