48
Yuqorida aytib o‘tilganidek tarqoqlik grafigi ikki ma’lumotlar to‘plami
orasidagi
bog‘liqlikning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash imkonini beradi. Aytaylik, bog‘lanish
mavjud bo‘lsin. U holda bu bog‘lanish chiziqli yoki chiziqsiz bo‘lishi mumkin. Chiziqli bog‘lanish
to‘g‘ri chiziq, chiziqsiz bog‘lanish esa egri chiziqlar orqali beriladi. Bu
holatlarga doir misollarni
qaraylik.
Primer 1. Quyida bitta sayyohlik kompaniyasining 10 yil davomidagi sayyohlik
biletlarining sotilishi hajmiga doir jadval keltirilgan. (sotuvlar hajmi mln.
AQSh dollarida
berilgan:
3 – rasmda bu ma’lumotlarning tarqoqlik grafigi keltirilgan. Bunda gorizontal o‘qda yillar,
vertikal o‘qda esa sotilish hajmi keltirilgan. Grafikka asosan, yillar va sotilish hajmi o‘rtasida
bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi. Haqiqatdan ham grafikda sotilish hajmining
har-yili oshganini
ko‘rish mumkin. Shu bilan birga grafik bog‘lanishning chiziqli ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ris. 3. Sotish hajmlari grafigi
2-misol. Endi sayyohlik kompaniyasining biletlarni sotishdan
tushgan tushumlariga doir
ma’lumotlarni qaraylik. Jadvalda 10 yil davomidagi yillik tushumlarga doir ma’lumotlar
keltirilgan. (Raqamlar mln. AQSh dollarida):
Ushbu ma’lumotlar 4 – rasmdagi tarqoqlik grafigi orqali tasvirlangan bo‘lib, u yillar va
tushumlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatib turibdi. Ammo
yuqoridagi misoldan farqli,
grafikdagi nuqtalar endi ko‘proq egri chiziqlar nuqtalariga mosdir. Bog‘lanishning bunday turi
ko‘proq iqtisodiy xarakterga ega bo‘lib, bu esa o‘z navbatida inflyatsion jarayonlar bilan bog‘liq.