Matematika va miqdoriy usullar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mat Miq Usul UMK 22 23
1-mashq (oddiy va murakkab foizlar). 1. Ushbu (i) 10 000 f. st., yillik foiz stavkasi 5 %, 4 yilga, (ii) 6000 f. st., yillik foiz stavkasi 12%, 18 oyga, (iii) 2500 f. st., yillik foiz stavkasi 8%, 6,5 yilga. shartlar asosida oddiy foizlar holatida qo‘yilgan sarmoyalarning foizli daromadini toping. 83 2. Jadvalda 1000 f.st. boshlang‘ich sarmoyadan to‘rt yilda olinishi rejalashtirilgan mablag‘lar miqdori keltirilgan. (i) Murakkab foizlar formulasidan foydalanib jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring, (ii) Jadvaldan foydalanib, aniq bir yil uchun avvalgi davr sarmoyalaridan keladigan jami mablag‘ miqdorini toping: a) 2000 f. st. yillik foiz stavkasi 4% ,3 yilga, b) 10 000 f.st. yillik foiz stavkasi 8%, 4 yilga, v) 500 f. st. yillik foiz stavkasi 6%, 2 yilga. 3. Foizlar har oyda hisoblab chiqilib, dastlabki mablag‘ga qo‘shilishi sharti bilan quyidagi sarmoyalar asosida jamg‘arilgan mablag‘ni toping: (i) 4000 f. st. yillik foiz stavkasi 6%, 18 oyga, (ii) 1000 f. st. yillik foiz stavkasi 1% ,3 yilga. 2-mashq (yillik foiz stavstavkasi) 1. Yillik foiz stavkasini foiz stavkalari yillik foizlarda berilgan joriy ma’lumotlar asosida hisoblang. Ushbu (1) nominal stavkasi 6% li har oylik foiz to‘lovli 100 funt sterlingli sarmoya. (2) nominal stavkasi 10% li har chorakda foiz to‘lovli 500 funt sterlingli sarmoya. (3) nominal stavkasi 7% li har yarim yilda foiz to‘lovli 1000 funt sterling sarmoya kiritilgan holatlarda yil oxirida to‘plangan mablag‘ miqdorini aniqlang. 2. Foizli daromad kiritilgan mablag‘g‘a yil oxirida qo‘shilishi shartida (1) Yillik 10% da ikki yildan keyin 2000 dollar. (2) Yillik 6% da 3 yildan keyin 5000 dollar mablag‘larni to‘plash uchun hozir kiritilishi lozim sarmoya miqdorini aniqlang: 3. Berilgan davrlar oxirida 1000 funt sterling miqdoridagi mablag‘ni to‘plash uchun (1) besh yilga yillik 4% bilan; (2) ikki yilga yillik 7% bilan; (3) olti yilga yillik 10% li, kiritilishi lozim sarmoya miqdorini aniqlang: 4. Har-bir kiritilgan mablag‘larga nisbatan quyidagi sarmoyalar har birining sof diskontlangan qiymatini toping va ulardan qaysi birining eng daromadli ekanligini asoslang. (1) Ikki yil ichida 1600 f.st. gacha ko‘tarilishi lozim, diskont stavkasi 6% bo‘lgan 1000 funt sterling miqdoridagi sarmoya. (2) To‘rt yil ichida 6000 f.st. gacha ko‘tarilishi lozim, diskont stavkasi 10% bo‘lgan 3000 funt sterling miqdoridagi sarmoya. (3) Olti yil ichida 24000 f.st. gacha ko‘tarilishi lozim, diskont stavkasi 8% bo‘lgan 3000 funt sterling miqdoridagi sarmoya. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling