Matematikadan murakkab masalalr yechish


Bir xil yo'nalishdagi harakatga


Download 197 Kb.
bet11/11
Sana30.12.2022
Hajmi197 Kb.
#1073263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maxsus yo\'l bilan yechiladigan masalalar

Bir xil yo'nalishdagi harakatga doir masalalar
Masala. Anvar va Ravshan A qishloqdan bir vaqtda bir xil yo'nalishda velosipedlarda yo'lga chiqishdi. Anvarning tezligi 12 km/soat, Ravshanniki esa 15 km/soat.
Ularning bir-biridan uzoqlashish tezligini toping.
Yechish. 1 soatda Ravshan Anvardan 15 km - 12 km = 3 km oldinda boladi. Demak, ularning bir-biridan uzoqlanish tezligi 3 km/soat ekan. Jauob: 3 km/soat.
O'rtacha tezlikni hisoblashga doir masalalar
Masala. Avtomobil Toshkentdan Samarqandga 5 soatda yetib keldi.
Toshkentdan Samarqandgacha 330 km. Avtomobilning tezligini toping.
Yechish. Avtomobil 1 soatda necha kilometr yo'l yuradi?
330:5 = 66(km).
Javob: Avtomobilning tezligi 66 km/soat. Bu o'rtacha tezlikdir.
Mashina Toshkentdan Samarqandgacha bo'lgan masofaning
hammasini bir xil o'zgarmas 66 km/soat tezlik bilan bosa olmaydi: u goho sekin, goho tez yuradi, svetoforlar oldida to'xtashi mumkin.
Jismning o'rtacha tezligini topish uchun jism bosib o'tgan yo'lni shu yo'lni o'tish uchun ketgan vaqtga bo'lish kerak.
Masalalarni ifoda tuzib yechish
O'qing va natijani ayting:
1.Omborda 18 750 kg un bor edi. Ombordan birinchi kuni 2 350 kg, ikkinchi kuni esa 3 400 kg un bozorga olib ketildi. Omborda qancha un qoldi? Masalani ifoda tuzib yeching.Masala shartining qisqacha yozilishi:

Bor edi — 18750kg.
Birinchi kuni jo'natildi - 2 350 kg


Ikkinchi kuni jo'natildi - 3 400 kg Qancha qoldi - ?
Fermer qishga mollari uchun 121 yem g'amladi. Mollarga dekabrda 31, yanvarda esa 412 sr yem berildi. Qancha yem qoldi? Ikki usul bilan yeching.
Masalalarni tenglama tuzib yechish
Savatda bir nechta anor bor edi. Nar-giza bog'dan yana 16 ta anor uzib kelib savatchaga solganidan keyin savatdagi anorlar 25 ta bo'ldi. Avval savatda nechta anor bo'lgan?
Yechish: Savatda x dona anor bor edi. 16 ta anor qo'shilganda undagi anorlar 25 ta bo'ldi. Ya'ni, x + 16 = 25. Bundan
x = 25 - 16. Demak, x = 9. Javob: awal savatda 9 ta anor bo'lgan.
Noma'lum qo'shiluvchini topish uchun yig'indidan ma`lum qo'shiluvchini ayirish kerak.
Xolasi mehmonga kelgan jiyanlari oldiga somsa qo'ydi. Somsalardan 12 tasi yeyilgandan keyin 6 dona somsa qoldi, Likobchada nechta somsa bo'lgan? Tenglama tuzib yechamiz. Likobchada x ta somsa bor edi, 12 tasiyeyildi, nechtasi qoldi? Demak, ;c - 12 = 6. Tenglamani yechamiz: x = 6 + 12; x = 18. Javob: 18 ta.
Nomalum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchini qo'shish , kerak.
Bayram dasturxoniga olib kelingan 30 dona tarvuzdan bir nechtasi so'yilganidan keyin 8 dona tarvuz qoldi. Nechta tarvuz so'yilgan? Tenglama tuzib yechamiz: 30 - x = 8, x = 30 - 8; x = 22.
Noma'lum ayiriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ay Irish kerak.
Masalani tenglama tuzib yeching:
Yengil mashina tezligini soatiga 35 km kamaytirganidan keyin uning tezligi soatiga 50 km bo'ldi. Uning tezligi avval qancha bo'lgan?

Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti


1.Bаrkаmоl аvlоd - O‘zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri.- Т.: «Shаrq» nаshriyot-mаtbаа kоnsеrni, 1997.
2. Ahmеdоv М. Ibrаgimоv Р.Abdurаhmоnоvа N.Jumаyеv М.E. Birinchi sinf mаtеmаtikа dаrsligi.)Тоshkеnt.Sharq” 2005-yil., 160 bеt
3. Ahmеdоv М. Ibrаgimоv Р.Abdurаhmоnоvа N.Jumаеv М.E. Birinchi sinf mаtеmаtikа dаrsligi mеtоdik qo‘llаnmа.)Тоshkеnt. “Sharq” 2005-yil., 176 bеt
4. Bikbоеvа.N.U. Ahmаdjоnоv I.G. Yangibоеvа E.Ya. Adаmbеkоvа G.A. Ikkinchi sinf mаtеmаtikа dаrsligi. Тоshkеnt. “O‘qituvchi” 1997-yil.
5. Bikbоеvа.N.U. Ahmаdjоnоv I.G. Yangibоyеvа E.Ya. Adаmbеkоvа G.A. Uchinchi sinf mаtеmаtikа dаrsligi. Тоshkеnt. “O‘qituvchi” 1997-yil.
6. Bikbоеvа.N.U. vа bоshqаlаr. Тo‘rtinchi sinf mаtеmаtikа dаrsligi. Тоshkеnt. “O‘qituvchi” 2002-yil.
7. Jumаеv М.E. vа bоshq. Birinchi sinf mаtеmаtikа dаftаri.)Тоshkеnt. “Sharqr” 2005-yil., 48 bеt
8. Jumаеv М.E., Z.G.Tadjiyeva.Bоshlаng‘ich sinflаrdа mаtеmаtikа o‘qitish mеtоdikаsi Тоshkеnt. “Fan va texmologoya” 2005-yil.
9. Jumаеv М.E., Mаtеmаtikа o‘qitish mеtоdikаsidan praktikum Тоshkеnt. “O‘qituvchi” 2004-yil
10.Jumаеv М.E.,.Bоshlаng‘ich sinflаrdа mаtеmаtikа o‘qitish mеtоdikаsdan laboratoriya mashg’ulotlarii Тоshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006-yil.
11. Bоshlаng‘ich tа’lim jurnаli. Bаrchа sоnlаri.
124.Та’lim tаrаqqiyoti. o‘zbеkistоn Реspublikаsi Хаlq tа’limi Ваzirligining а х b о r о t n о m а s i. 7-mахsus sоn.1999 yil. 136–178 bеtlаr. Тоshkеnt. “Shаrq”.
13. Yangi tahrirdagi DTS va modernizasiyalashtirilgan dastur. Тоshkеnt. “RTM”.2005 yil
Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling