Matematikadan murakkab masalalr yechish
Download 0.81 Mb.
|
Jumaeva Malika
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.Yangi mavzuning bayoni.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshrish.Oltin qoidalar,siyosiy daqiqa. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzuni mustahkamlashda “Sinkveyn” metodidan foydalaniladi: 1. Kasr 2. Oddiy, aralash 3. Bo`lish, taqsimlash, ajratish 4. Butunni teng bo`laklarga bo`lish 5. Ulush. Uy vazifalar tahlil qilinib ,daftarlar almashtiriladi III.Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzu 662-misol orqali tushuntiriladi. Bunda o`quvchilarga 690. 435, 804. 723 ko`rinishdagi hollarda ko‘paytirish quyidagicha ustun shaklida tushuntiriladi. 663-misol doskada o‘quvchilar tomonidan ustun shaklida tushuntirish bilan bajariladi. 305 ∙ 621 = 300 150 620 ∙ 387 = 239 940 7 820 ∙ 15 = 117 300 402 750 ∙ 90 = 36 247 500 664-misol ekranda tushuntiriladi. Buno‘quvchilar ekrandagi to‘g‘ri to‘rtburchaklarning qanday qismi bo‘yalganini ko‘rib chiqdilar. Lentalar qismlarga bo‘linadi va bittadan qismi ajratib ko‘rsatiladi. So‘ng qismlar rangga bo‘yaladi va to‘g‘risiga ½, 2/4, 4/8, 8/16 yozuvlari chiqadi. Kasrlar tengligi bittalab chiqadi va ularga mos lentalardagi qismlar ajratilib ko‘rsatiladi. Bir hil uzunlikdagi lentalarni 2 ga, 4 ga, 8 ga va 16 ga bo‘lamiz. Hosil bo‘lgan qismlarni ko‘rib chiqamiz. Berilgan lentalarning bo‘yalgan qismlari uzunliklari tengligini ko‘rishimiz mumkin. Demak, quyidagi yozuvlar to‘g‘ri. 665-masala doskada bajariladi. Bunda masala sharti o`qilgach, mavzu yuzasidan qisqa suhbat o`tkaziladi. O`quvchilarni tikuvchilik kasbiga qiziqtirib, uning yaxshi tomonlari bilan tanishtiriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi. Keltirildi –- 2 to`p I to`pda –- 88 m II to`pda -108m birinchidan 5 ta ko`p tikildi Har qaysi ko`ylakdan tikilgan ko`ylaklar soni - ? ta Yechish: 1) 108 – 88 = 20 (m) 2) 20 : 5 = 4 (m) 3) 88 : 4 = 22 (ta) 4) 108 : 4 = 27 (ta) Javob: birinchi to‘pdan 22 ta, ikkinchisidan 27 ta ko‘ylak tikilgan. Dam olish daqiqasi: “Qaynoq kartoshka” o`yini :o`quvchilar 20 gacha bo`lgan sonlarni ingliz tilida aytadilar. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling