Matematikadan murakkab masalalr yechish
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishda matematik o’qitishning roli
Download 0.81 Mb.
|
Jumaeva Malika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Uch xonali songa ko`paytirish Darsning maqsadi
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishda matematik o’qitishning roli
Boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qtish boshqa har qanday o’quv predmetini o’qitish kabi ta’lim, tarbiya va amaliy fazilatlarni hal qilishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishni amalgam oshirish muvaffaqiyati pedagoglar ixtisosiga, uning kasbga oid tayyorgarchiligiga bog’liq. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli boshlang’ich sinflarda ishlashda o’rta maktablarda matematika o’qitishda ko’zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak. O’rta matematika dasturiga taaluqli ko’pgina masalalar boshlang’ich sinlardayoq ko’pgina shu darajada mustahkam o’zlashtirilishi kerak – ki, bunda ular o’quvchilar ongida butun umr saqlanib qolsin, boshqa masalalar esa o’qitilishning dastlabki bosqichida keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko’rish maqsadidagina kiritiladi; yoki biror malaka va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun kiritiladi. Maktabning boshlang`ich sinflarda bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, uquvlar va ko’nikmalarning ma’lum hajmini ongli ravishda va mustahkam egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o’tilgan mulohazalarni hisobga olish kerak. Mavzu:Uch xonali songa ko`paytirish Darsning maqsadi: Ta’limiy: o`quvchilarga 690 · 435, 804 · 723 ko`rinishdagi hollarda ko`paytirishni va kasrlarni chizmalar bo`yicha taqqoslashga o`rgatish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma`lumotlar ko`rinishlarning bir turidan boshqa ko`rinishga o`tkaza olish; FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirish va kamaytirish amallarini og`zaki bajara olish. Tarbiyaviy: mavzuni o`tish davomida o`quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o`zaro do`stona munosabatda bo`lishga o`rgatish; TK4: atrofdagilar bilan o`zaro muloqot chog`ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o`quv vaziyatlarda qollay olish va yangi bilimlar hosil qila olish. Dars turi:Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi Dars metodi;noan`anaviy,ko`rgazmalilik,Sinkveyn, tushuntirish,mustaqil ish,ta`limiy o`yin Dars jihozi:multimedia ilovasi,ko`rgazma,didaktik materiallar Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling