Matematikadan murakkab masalalr yechish


Download 0.81 Mb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1611667
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jumaeva Malika

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshrish.Oltin qoidalar,siyosiy daqiqa.

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzuni mustahkamlashda “Sinkveyn” metodidan foydalaniladi:
1. Kasr
2. Oddiy, aralash
3. Bo`lish, taqsimlash, ajratish
4. Butunni teng bo`laklarga bo`lish
5. Ulush.
Uy vazifalar tahlil qilinib ,daftarlar almashtiriladi
III.Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzu 662-misol orqali tushuntiriladi. Bunda o`quvchilarga 690. 435, 804. 723 ko`rinishdagi hollarda ko‘paytirish quyidagicha ustun shaklida tushuntiriladi.

663-misol doskada o‘quvchilar tomonidan ustun shaklida tushuntirish bilan bajariladi.
305 ∙ 621 = 300 150 620 ∙ 387 = 239 940
7 820 ∙ 15 = 117 300 402 750 ∙ 90 = 36 247 500
664-misol ekranda tushuntiriladi. Buno‘quvchilar ekrandagi to‘g‘ri to‘rtburchaklarning qanday qismi bo‘yalganini ko‘rib chiqdilar.

Lentalar qismlarga bo‘linadi va bittadan qismi ajratib ko‘rsatiladi. So‘ng qismlar rangga bo‘yaladi va to‘g‘risiga ½, 2/4, 4/8, 8/16 yozuvlari chiqadi. Kasrlar tengligi bittalab chiqadi va ularga mos lentalardagi qismlar ajratilib ko‘rsatiladi.
Bir hil uzunlikdagi lentalarni 2 ga, 4 ga, 8 ga va 16 ga bo‘lamiz. Hosil bo‘lgan qismlarni ko‘rib chiqamiz. Berilgan lentalarning bo‘yalgan qismlari uzunliklari tengligini ko‘rishimiz mumkin. Demak, quyidagi yozuvlar to‘g‘ri.

665-masala doskada bajariladi. Bunda masala sharti o`qilgach, mavzu yuzasidan qisqa suhbat o`tkaziladi. O`quvchilarni tikuvchilik kasbiga qiziqtirib, uning yaxshi tomonlari bilan tanishtiriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.
Keltirildi –- 2 to`p
I  to`pda –- 88 m
II to`pda -108m birinchidan 5 ta ko`p tikildi
Har qaysi ko`ylakdan tikilgan ko`ylaklar soni - ? ta
Yechish: 1) 108 – 88 = 20 (m)
2) 20 : 5 = 4 (m)
3) 88 : 4 = 22 (ta)
4) 108 : 4 = 27 (ta)
Javob: birinchi to‘pdan 22 ta, ikkinchisidan 27 ta ko‘ylak tikilgan.
Dam olish daqiqasi:
“Qaynoq kartoshka” o`yini :o`quvchilar 20 gacha bo`lgan sonlarni ingliz tilida aytadilar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling