Material, jixozlarni tanlash va ulardan foydalanish


Download 455 Kb.
bet4/4
Sana05.05.2023
Hajmi455 Kb.
#1427435
1   2   3   4
Bog'liq
KKG 1 mavzu resurs

Yirikdonali qog‘ozlar modelьer tomnidan chizilgan rasmlarga to‘g‘ri kelmaydi, chunki qog‘ozni bo‘yaganda mayda oq dog‘lar hosil bo‘ladi. Bu esa, rasmning aniqlik sifatini kamaytiradi. Ko‘proq o‘rtadonali qog‘oz - Kanson tavsiya etiladi. U o‘rtacha qalinlikda va turli ranglarda bo‘ladi. Akvarelь bilan ishlash uchun maxsus qog‘oz talab etiladi. Bunda yuqori singish xususiyatli o‘rtadonali qog‘ozlar ma’qul keladi (zig‘ir va paxta tola,ssellyulozadan ishlab chiqilgan).
Standartga to‘g‘ri kelmaydigan formatli va tuzilishli qog‘oz. Liboslar to‘plami va uslub yaratish qobiliyatiga ega bo‘lgan dizayner eskiz chizish uchun qog‘oz formatini tanlab, o‘zining ijodiy imkoniyatlarini qo‘llashimumkin. Bunda dizayner, ijodiy jarayonini rag‘batlantirish va eskizlariga originallik baxsh etishi uchun noodatiy formatdagi va tuzilishdagi qog‘oz turini tanlashga harakat qilishi lozim.
Rasm chizish uchun bloknot turli xil formatda va sifatda bo‘ladi. Varaqlarining o‘lchami va qo‘llanilishda osonligi bilan farqlanadi. Odatda, ulardan loyihalarni yaratishda foydalanilmasada, boshlang‘ich g‘oyalarni belgilab qo‘yishda, qoralama eskizlarni chizishda, ilhomlangan eskizlar suratini yoki materiallar bo‘lagini yopishtirishda qo‘llanilishi mumkin.
Voskovka (nusha ko‘chirish uchun ishlatiladigan mum qog‘oz). U kalьka qog‘oziga o‘xshab ishlatiladi. Texnik rasmni yaratishda agar kiyim simmetrik bo‘lsa, uning faqat bir tomoni chiziladi, ikkinchi tomoni kalьkaga tushirilgandek, nusha ko‘chiriladi. U eskizlarni ko‘chirishda, shuningdek, kiyim haqida turli ma’lumotga ega bo‘lgan ikkita rasmni tushirish mumkin.
Dizaynerning ijodiy ishiga avvalgi bo‘limda ko‘rsatib o‘tilgan materiallardan tashqari zamonaviy jihozlar ham zarurdir.
Laytbokslar rasm chizish uchun qog‘ozda bevosita ishlashni xush ko‘radiganlar uchun foydalidir. Agarda nusha ko‘chirish kerak bo‘lsa, rasmning qog‘oz bo‘lagi joylashtirilib, chegarasi ustidan yurgiziladi.
Kompьyuter, printer va skaner ijodiy faoliyat jarayonida foydalibo‘lib, dizaynga zamonaviy yondashish imkoniyatini yaratadi. SHaxsiy kompьyuter Photoshop, Illustrator, Corel v 2D zamonaviy dasturlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.Bugungi kunda tasvirlarning sifatini yaxshilashning ko‘p usullari mavjud: tekstura va rangni qo‘shish, skaner qilingan rasmning masshtabini o‘zgartirish, bir necha rasmlarni birlashtirish yoki suratlar, tasvirlar va matnlar qo‘yib kollajlar yaratish [12].


Nazorat savollari:

  1. Dizaynerning ish faoliyati to‘g‘ri tashkillashtirishi uchun xonani jihozlashda qanday vositalar bo‘lishi kerak?

  2. Qalamning qattiqlik darajasi nimaga bog‘liq va u qanday sharoitlarda qo‘llaniladi?

  3. Rasm chizish uchun qo‘llaniladigan qog‘oz turlarini aytib bering?

  4. Dizayn sohasida qo‘llaniladigan qanday zamonaviy dasturlarni bilasiz?

Download 455 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling