Materiallar qarshiligi o‘quv dasturi bilim sohasi


Download 364.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana31.08.2023
Hajmi364.4 Kb.
#1671971
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 semestr (3,4-semestr-2022) 60-30-30 - BI

3-semestr (15 soat) 
Amaliy mashg‘ulotlar kuyidagi mavzular tavsiya etiladi: 
1. Brus kesimidagi ichki kuchlarni aniqlash. Ichki kuchlarning epyuralarini 
qurish. 
2. To‘g‘ri sterjenning cho‘zilishi-siqilishi. Sterjenlarni mustahkamlikka, 
bikrlikka hisoblash. 
3. Cho‘zilish-siqilishda statik noaniq masalalar. 
4. Tekis kuchlanganlik holati. Umumlashgan Guk qonuni. Qiya yuzalaridagi 
kuchlanishlarni hisoblash. 
5. Siljish deformasiyasi. Siljishga ishlaydigan birikmalar hisobi.
6. Tekis kesimlarning geometrik xarakteristikalari. 
7. To‘g‘ri o‘qli sterjenning buralishi. Doiraviy va xalqasimon kesimli valni 
mustahkamlikka va bikrlikka hisoblash. 
8. To‘g‘ri o‘qli brusning egilishi. Eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlarni 
aniqlash va ularning epyuralarini qurish. Balka kesimidagi kuchlanishlarni 
aniqlash. Balkani mustahkamlikka hisoblash. 
9. Balka o‘qidagi ko‘chishlarni aniqlash. Egilgan o‘qning tenglamasi. Balkani 
bikrlikka hisoblash. 
4-semestr (15 soat) 
1. Statik noanik balkalarda deformasiyalarni solishtirish usuli. 
2. Statik noaniq tizimlar hisobi. 
3. Brusning murakkab qarshiligi. Umumiy holda yuklangan brus 
kesimlaridagi ichki kuchlarni aniqlash. Murakkab deformasiyaning oddiy 
ko‘rinishlari: balkaning qiyshiq egilishi, sterjenga nomarkaziy bo‘ylama kuchning 
ta’siri, valning egilib buralishi. 
4. Siqilgan sterjenlarning ustivorligi. Eylerning kritik kuch formulasi. Eyler 
formulasining qo‘llanish chegarasi. Siqilgan sterjenlarni ustivorlikka hisoblash. 


5. Sterjenlarni buylama –kundalang egilishi. 
6. Dinamik kuchlar ta’siridagi sterjenlar hisobi. Sterjenni zarbaviy yukka 
hisoblash. Bir massali sistemaning tebranma xarakati. Erkin va majburiy tebranma 
xarakat. Rezonans hodisasi to‘g‘risidagi tushuncha. 
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli inshoot va konstruksiyalar 
elementlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustivorlikka hisoblash asoslarini 
o‘rganadilar. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-
o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar 
asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy 
mashg‘ulotlarda boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida 
talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan 
foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini 
oshirish, turli masalalarni mustaqil yechish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va 
ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, qonun va me’yoriy hujjatlardan foydalana bilish 
va hakozolar tavsiya etiladi. 

Download 364.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling