Materiallari


Fizikaviy kattaliklar va ularning nomlarini, atama va ta’riflarini to‘g‘riligini


Download 1.61 Mb.
bet93/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Fizikaviy kattaliklar va ularning nomlarini, atama va ta’riflarini to‘g‘riligini

tekshirish

Reja:


Metrologiya soxasida atamalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar.

Fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish.

1 .Metrologiya sohasida atamalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar

Ilmiy va texnik atamalarning mazmuni, ular zamirida turgan buyumlar, voqea hodisalar haqidagi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, yangi atamalar paydo boiadi, ba’zi birlari esa yo‘qolib ketadi.

Hatto bitta tilda gaplashuvchi mutaxassislar orasida ham atamalarning xarakteri bilan bogiik boigan qiyinchiliklar o‘zaro muloqotlar paytida mavjud bo‘ladi, chunki atamalarda u yoki bu turdagi haqiqiylik voqea xodisalarga o‘ziga xos yondashuv yuzaga keladi. Bitta atamaning o‘zi turlicha qabul qilish va tajriba natijasida mutaxassislarda voqea - xodisa jarayoni to‘g‘risida o‘zining tasavvurini uyg‘otishi mumkin, bu esa ko‘pincha u yoki bu tushunchalarni turlicha talqin qilishga sabab bo‘ladi. Shu sababdan ham o‘zaro tushunmovchiliklarni bartaraf qilish maqsadida atamalarni tartibga solish va standartlashtirish amalga oshiriladi. Standartlashtirishning asosiy maksadi - Davlat standarti tomonidan ilmiy texnik

atamalarni standartlashtirish bo‘yicha zamonaviy qoidalarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, bir xil ma’noda tushunilishi lozim boigan va bir - biriga zid boimagan atamalarni me’yoriy hujjatlarda belgilab berishdan iborat.

Metrologiya sohasida atamalarning asosini tashkil qiluvchi standart GOST 16263-70. Davlat oichovlar tizimi (0‘zDst). Metrologiya ta’riflar va atamalarni o‘z ichiga oladi va quyidagi boiimlarga bo‘linadi: Metrologiya, fizikaviy kattaliklar, fizikaviy kattaliklar birliklari, o‘lchovlar, o‘lchov vositalari turlari, o‘lchov vositalarining parametrlari va o‘ziga xos xususiyatlari, oichash xatoliklari, o‘lchov vositalarining xatoliklari, etalonlar va namunaviy o‘lchov vositalari, metrologiya xizmatiga oid tushunchalar.

Shuni ko‘rsatib o‘tish lozimki GOST 16263-70 metrologik ta’minot “o‘lchashlar sifati”, “avtomatik oichov vositalari”, “oichash - hisoblash majmuasi”, “o‘lchash - boshqarish tizimi” va boshqa shu kabi zamonaviy tushunchalami o‘z ichiga olmaydi. “0‘lchash”, o‘lchov vositalari va boshqa shu kabi tushunchalar ham qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. “Oichashlar paytida kuzatish” kabi bazi bir atamalar eskirdi va ulardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Ushbu standart tavsiyanoma xarakterga ega boisada metrologiya faoliyatida ijobiy rol o‘ynadi. Bir qancha direktiv hujjatlar, shu jumladan metrologik xizmat bilan ta’minlash bo‘yicha Davlat Standartlari GOST 16263-70 atamalaridan foydalanadi. Ushbu standart atamalaridan foydalanib o‘lchashning boshqa sohalarida ham ta’riflar va atamalarni belgilab beruvchi boshqa bir qator standartlar ham ishlab chiqilgan.

Metrologik atamalarning to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida ekspert GOST 16263-70 dan tashqari metrologik ta’minot va oichash texnikasi sohasidagi tushunchalar va atamalarni tartibga soluvchi boshqa standartlardan ham foydalanishi zarur. Masalan: GOST 8.362-79 “Davlat oichashlar tizimi qoplamalar qalinligini o‘lchash. Ta’riflar va atamalar”, GOST. 8.271-77 “Davlat o‘lchashlar tizimi. Bosimni o‘lchash vositalari. Ta’riflar va atamalar” va hokazo.

Texnik hujjatlarni metrologik ekspertadan o‘tkazish paytida bitta tushuncha uchun ma’nosi bir-biriga yakin (sinonim) boigan turli ilmiy texnik atamalar qoilanilmasligiga, shuningdek, o‘zbek tilidagi turli xil ma’nodagi so‘zlar va atamalar mavjud bo‘lganda boshqa xorijiy so‘zlar va atamalarning qoilanilmasligiga, o‘zbek tili orfagrafiyasi va punktuasiyasi, shuningdek, bunga muvofiq boshqa standartlarda belgilab qo‘yilganlardan tashqari so‘zlaming qisqartirilmasligiga e’tibor qaratish lozim.



Texnik hujjatlarda standartlashtirilgan atamalarni standartlashtirilmagan atamalar bilan almashtirmaslik lozim.

Noto‘g‘ri

To‘g‘ri

Oichov o‘tkazish

Oichash

Uzunlik oichovini o‘tkazish Uzunlikni tekshirish

Uzunlikni oichash

Ulchagich

Oichash vositasi

Tezlik kattaligi

Tezlik 120 km/soat yoki

120 km / soat

tezlik qiymati 120km/soat

Granula kattaligi mm.




Oichash birligi

Granula oichamligi, mm.

Tezlik razmeri m/s

Fizikaviy kattalik birlig:




(Birlikni oichash emas.

Aniqlik±0,l mm

fizikaviy kattalik birlikka ega

Aniqlik ± 2 %

boiadi). Tezlik birligi m/s

Oichash xatoligi ± 1 %

( Tezlik oichamligi LT'1 ) j

Oichash to‘g‘riligi




Nostandart oichov vositalari (SI)




Standartlashtirilmaydigan oichov vositalari

■ ’r* 1

Mikrometrni etalon

-r

bo‘yicha rostlaydilar




(etalon detal bo‘yicha)

Standartlashtirilmagan

Oichov vositasi ko‘rsatkichlarini kalibrovka

oichash vositalari ( SI)




Mikrometrni rostlashda




oichov sifatida attestasiyadan




o‘tkazilgan detaldan




foydalaniladi.

Atamalarni turlicha talqin qilish ulardan foydalanishda ulaming turli xil ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi. Masalan “detektor” atamasida bir xolatda “Nurlanishni qabul qiluvchi” tushunilsa, ikkinchi bir holatda “Yutilgan nurlanish quvvatini signal yo‘nalishiga qayta shakllantirish” tushuniladi, aslida esa optik - akustik qayta shakllantiruvchidir. “Oichash qurulmasi” atamasida o‘lchash paytida foydalaniladigan moslama ko‘zda tutiladi. GOST 16263-70 ga muvofiq esa oichash qurilmasi deganda oichash asbobi va qayta shakllantiruvchining jamlanmasi tushuniladi “Zararli, putir etkazuvchi signal” atamasi o‘miga “Xalaqit beruvchilar” atamasidan, “ko‘zdan kechirish” atamasi o‘rniga “vizual” atamasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Metrologik oichashlarni tartibga soluvchi texnik hujjatlarda “Oichashlarni bajarish usuli” atamasi o‘rniga “Anikdash usuli”, “Topish usuli”, “Taxlil qilish usuli” va boshka shu kabi atamalardan foydalaniladi.

Turlicha talqin qilish extimoli mavjud boigan o‘ziga xos maxsus atamalar matnda birinchi bor uchrashidayoq tushuncha berilishi yoki tariflab berilishi lozim.

3. Fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish

Fizikaviy kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish paytida kattalik nomlanishining obyektning shunga mos keluvchi xususiyatlarini turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘ymaydigan darajada to‘g‘ri ifodalanishini, kattaliklar nomlanishining me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilganlariga muvofiqligini belgilash zarur.

Oichashlarni rejalashtirish chogida va ulaming natijalarini to‘g‘ri izohlash uchun oichash obyektining qabul kilingan fizik modeli katta ahamiyatga ega.

0‘lchanadigan kattalik sifatida modelining ushbu o‘lchov maqsadlariga ko‘proq mos keladigan va o‘lchanayotgan kattalikning turlicha talqin qilinishiga yoi qo‘ymaydigan parametri tanlab olinishi lozim. Agar oichanadigan kattalikning nomlanishi bir qiymati boimasa, unda o‘lchanadigan kattalikni aniqlab olish zarur. Masalan: suyuqlik sarfmi o‘lchash paytida uning qay yo‘sinda sarflanishi - ogirlik bo‘yichami yoki hajm bo‘yicha sarfni oichash lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. Agar o‘lchanayotgan kattalik makonining alohida nuqtalarida har xil qiymatga ega bo‘lsa, u holda makonning aniq bir muayyan sohasi ko‘rsatiladi, masalan; havoning xonadagi temperaturasini oichash.

Oichanayotgan kattalikni qat’iy tartibda aniqlash obyektining real o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Masalan; valning diametrini oichashda to‘g‘ri dumaloq silindr uning modeli hisoblanadi. Val uzinasiga ham kundalangiga ham maium bir chetga ogishlarga ega boiadi (yuzasi bo‘ylab). Bunday holatda valning o‘rtacha diametri yoki uning qirqma bo‘yicha val yuzasidagi nuktalar orasidagi eng katta masofa oichanadigan kattalik hisoblanadi.

Oichanadigan kattalik obyektining har xil holatida, har xil qiymatga ega boiishi mumkin. Mashinasozlikda odatda detallaming chiziqli oichamlarini oichash 20°C temperaturada amalga oshiriladi. Agar oichashlar boshqa temperaturada amalga oshirilsa, u holda natijalar formulalar yordamida 20°C temperaturaga keltirilib, qayta hisoblab chiqiladi.

Fizikaviy kattalikning nomlanishi obyektning u aks ettirayotgan xususiyatlarining mohiyatini yoki voqea-hodisa va jarayonlarning parametrini aniq va bir qiymatda aks ettirilishi lozim. Har bir fizikaviy kattalik uchun bitta atama qoilaniladi. Fizikaviy kattaliklarning GOST 8.417, RX 50-160- 79 ga yoki fanlar akademiyasining ilmiy texnik atamalar qo‘mitasining tavsiyalariga va qabul qilingan atamalar bo‘yicha standartlarga kiritilgan nomlanishidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Kattaliklarning fizikaviy ma’nosi birliklami tanlashga bogiiq boiib qolmasligi uchun kattaliklarni birliklarini eslatishga yo‘1 qo‘ymasligi lozim.

Noto‘g‘ri

Zichlik - hajm birligidagi ogirlik bilan aniqlanadigan kattalikdir.

To‘g‘ri

Zichlik - modda ogirligining u egallab turgan hajmiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik.

“Aylanishlar soni”, “Bir minutdagi aylanishlar soni”, “Bir sekunddagi aylanishlar soni” atamalarini qoilamaslik lozim. Vaqtda burchak o‘zgarishi tezligini ta’riflash uchun (agar foydalanish nuqtai-nazaridan jismning hamma holati vaqtda bir xil baholansa), “Burchak tezligi” atamasini qoilash lozim. Agar vaqtida aylanishlar sikli sonining tezligi o‘zgarishi nazarda tutilayotgan boisa (bunda uni boiaklarga ajratilmasa) “aylanishlar chastotasi” atamasi qoilaniladi.

“Hajm” atamasi jism yoki modda tomonidan band qilinadigan kenglikni ta’riflash uchun qoilaniladi. Idish “hajmi” deganda kenglikning idish tashqi yuzasi bilan chegaralab olingan hajmi tushuniladi. “Sig‘diruvchanlik” atamasi apparat yoki idishning ichki kengligini tariflaydi. Apparat yoki idishlaming ichki kengligini tariflashda “sigim” atamasini qoilash tavsiya qilinmaydi.

Mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalar bo‘lgan “zichlik” va “solishtirma og‘irlik” tushunchalariga bir xil nisbat berish mumkin emas. Solishtirma og‘irlik, og‘irlikning hajmga nisbati bilan, yani tortish kuchining hajmga nisbati bilan aniqlanadi va shunga muvofiq erkin tushish tezlanishiga bog‘lik boiadi. Solishtirma og‘irlik zichlikning erkin tushish tezlanishiga xosilasi sifatida ifodalanishi mumkin.

Har qanday zarracha uchun modda miqdori birligi sifatida molning kiritilishi moddaning og‘irligini belgilash uchun yangi atama - “molyar og‘irlik” atamasini kiritishga majbur qiladi. Bu tushuncha har qanday zarrachaga taalluqlidir, chunki molyar og‘irlik avvalgidek gramm - molga son qiymati bo‘yicha teng, lekin avvalgi kattalikdan oichamligi bilan farqlanadi.

Masalan: Na ON ning gramm moli 40gr ga teng boigan, endi esa og‘irligi 40 gramm (molga teng).

Moddaning quyuqligi ko‘p yillar davomida og‘irlik hajm birligida (quyuqlikda) (gramm-mol/1, mg-ekvivalent/1 va shu kabilar) ifodalanib keladi. SI xalqaro birliklar tizimi birliklariga o‘tish quyuqlik tushunchasi aniqroq talqin berish imkonini yaratdi. Modda quyuqligi - og‘irlikning yoki tizimdagi ushbu modda miqdorining shu tizim hajmiga nisbatidir. Shunday qilib, quyuqlik foizlarda ifodalanishi mumkin emas. Foizli ifodalashga, moddaning og‘irlik, molyar yoki hajmiy xissasi haqida gap ketganda, tizimda moddaning nisbiy tarkibini ko‘rib chiqish paytida ruxsat beriladi.

Texnik hujjatlarda fizik kattaliklar (ramziy) belgilar bilan belgilanadi. Ammo ularni belgilashda yagona talablarni belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlamining uzi yo‘q. Bitta kattalikning o‘zi uchun turli xil belgilar qo‘llanilishi yoki bitta belgining o‘zi turli xil kattaliklarni belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin. Masalan, “R” belgisidan - og‘irlik va elektr quvvatini belgilashda foydalaniladi. Texnik hujjatlarda ko‘pgina kutilmagan, o‘zboshimchalik bilan ishlatilgan belgilar ko‘plab uchraydi, bu esa ularni tushunib olishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Hatto bitta tizim - Davlat o‘lchovlar tizimi (GSI) standartlarida ham o‘lchanadigan kattaliklarni belgilashda nomuvofiqliklar mavjud. Bitta xujjatning o‘zida o‘lchanadigan kattalikni turlicha talqin kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun fizikaviy kattaliklarni belgilashda bitta belgi qoilanilishi lozim.

Fizik kattaliklar va ular birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘ri qo‘llanilgani tekshirish chog‘ida GOST 8.417-81. “0‘lchashlaming birligini ta’minlash davlat tizimi. Fizik kattaliklar birliklari” Davlat standartlariga asoslanish zarur. Bu standartda SI birliklari, shuningdek SI birliklari bilan bir qatorda qoilanilishiga yo‘l qo‘yiladigan fizik kattaliklar birliklari qonunlashtirib qo‘yilgan. Fizika boiimlari bo‘yicha xalqaro tizim birliklarining mufassalroq ro‘yxati, shuningdek, ularni joriy qilish va qoilanilish tartibi RD 50-160-70 da keltirilgan. Ionlashtiruvchi nurlanishlar sohasida fizikaviy kattaliklar birliklarini hamjihatlikda joriy qilish va qo‘llash tartibini RX 50-454-84, kuch, bosim, va issiqlik - fizikaviy o‘lchashlarni amalga oshirish sohasida birliklarning xalqaro tizimiga o‘tish tartibini MI 221 -80 belgilab beradi.

Metrologik ekspertiza o‘tkazish paytida ekspert - metrolog tarmoqda qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan. Fizik kattaliklar birliklari ro‘yhatini belgilovchi boshqa me’yoriy texnik hujjatlarga ham asoslanishi mumkin. Masalan, MU 6-30-18-81 “Uslubiy ko‘rsatmalar. Fizikaviy kattaliklar birliklarining kimyo sanoatida va mineral

o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoatida qoilanilishi”, SI 528 - 80 “Qurilishda qoilanish uchun mo‘ljallangan fizikaviy kattaliklar birliklari ro‘yxati”.

SI ning joriy qilinishi munosabati bilan fizikaviy -kattaliklar qiymatlarini qayta hisoblashga bo‘lgan ehtiyoj yuzaga keladi. Qayta hisoblash kaeffisentini turlicha darajada yaxlitlash qayta hisoblash xatoligiga ta’sir qiladi. Qayta hisoblash kaeffisentining qiymati talab qilinadigan aniqlikka bogiik ravishda optimal bo‘lishi lozim. Mm. suv ustuni birligida o‘lchanadigan bosim xatoligi ±0.5% deb taxmin qilamiz. Qayta hisoblash kaeffisenti 9.80605 ga teng (aniq). 9.8 qiymatgacha yaxlitlashni qo‘llash bilan xatolik 0.07%, 10.0 qiymatgacha yaxlitlashni qo‘llash bilan esa xatolik 1.97% ni tashkil qiladi. Bosim xatoligi ±0.5% bo‘lganligi sababli koeffisentni 10.0 qiymatigacha yaxlitlashga yo‘l qo‘yib boimaydi, koeffisentni 9.8 qiymatgacha yaxlitlashni bemalol qoilash mumkin - chunki bu yaxlitlashni qo‘llash hisobiga aniqlanadigan xatolik (0.07%) bosimni aniqlashdagi xatolikdan sezilarli darajada kamdir.

Texnik hujjatlarda fizikaviy kattaliklar birliklarini qoilashda birliklaming nomlanishi va belgilanishini yozishda ma’lum qoidalarga asoslanish lozim.

Maydon va hajm birliklarini nomlashda “kvadrat” va “kub” sifatdoshlari qoilaniladi. Masalan; kvadrat metr, kub millimetr. Bu sifatdoshlar maydon va hajm birligi boshqa kattalik birligining xosilasiga kirgan holatda ham qo‘llaniladi: sekundiga kub metr (hajmiy sarf birligi), kvadrat metrga kulon (elektr qo‘zg‘aluvchanlik birligi).

Agar uzunlikning ikkinchi yoki uchunchi darajasi o‘zida maydon yoki hajm haqidagi tasavvumi bera olmasa, unda birlik nomlaridagi “kvadrat” va “kub” so‘zlari o‘miga “kvadratda” yoki “ikkinchi darajada”, “kubda” yoki “uchunchi darajada” ifodalari qoilanilishi lozim. Masalan; sekundiga kilogrammmetr kvadratda (momendagi harakat miqdori birligi), metr uchunchi darajada (yalpoq jism qarshiligi momentining birligi).

Mahrajda joylashgan birliklar nomlanishi xuddi tezlanish birligi - sekundda metr kvadratda, kinematik qovushqoqlik - sekundda kvadrat metr, elektr maydon kuchlanganligi - metrda volt nomlanishlari kabi “da” qo‘shimchasi bilan yoziladi. Vaktning birinchi darajasiga bogiik boigan, jarayonning sodir boiish tezligini xarakterlovchi kattaliklar birliklari bundan mustasno. Bunday holatda maxrajda joylashgan vaqt birligining nomi xuddi tezlik birligi - sekundiga metr, burchak tezligi- sekundiga radian nomlanishlariga o‘xshash ravishda “ga” qo‘shimchasi bilan yoziladi.

Hosila hosil qiluvchi birliklar nomlari xuddi nyuton - metr; amper - kvadrat metr nomlanishlariga o‘xshash ravishda yozish paytida chiziqcha (defis) bilan bogianadi.

Birlik hosilasi sifatida tarkib topgan, xosilaviy birliklaming nomlarini turlashda faqat oxirgi nomlanish va unga taalluqli bulgan “kvadrat va kub” sifatdoshlari o‘zgaradi. Masalan; kuch momenti besh nyuton — metrga teng, magnit momenti uch amper - kvadrat metrga teng.

Maxrajga ega boigan birliklar nomlarini turlashda faqat sifat o‘zgaradi. Masalan: tezlanish sekundiga besh metr kvadratga teng, solishtirma issiqlik sig‘diruvchanlik kilogramm - kelvinda undan to‘rt joulga teng.

Kattaliklar qiymatlarini yozish uchun birliklar belgilarini harflar yoki maxsus belgilar bilan qo‘llash nazarda tutilgan bunda harfli belgilashning ikki

turi joriy qilingan: xalqaro va ruscha. Bosma nashrlarda yoki xalqaro, yoki ruscha belgilashlarga yo‘1 qo‘yiladi. Bitta nashrning o‘zida bir paytda belgilashning har ikkala turidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Birliklar belgilari to‘g‘ri shriftda bosilishi lozim. Birliklar belgilari sonli qiymatdan keyin qoilaniladi va ular bilan bir qatorga yoziladi. Nuqta qisqarish belgisi sifatida belgilashda qo‘yilmaydi. Olimlar sharafiga atalgan belgilar bosma harflar bilan (sarlovhada bosh harflar bilan) yoziladi.

Sonning oxirgi raqami bilan birlik belgisi orasida oraliq qolishi shart. Masalan: 100 kvt, 80%, 20°C kabi.

Kattalikning sonli qiymatida unli kasr bo‘lganda birlik belgisi hamma sonlardan keyin joylashtiriladi.


Noto‘g‘ri

To‘g‘ri

423 m.06 423 m06

423.06 m 423.06m

Kattalik qiymati yo‘1 qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar bilan ko‘rsatilganda kattalik qiymati va yo‘1 qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar qiymati qavs ichiga joylashtiriladi, birlik belgisi esa qavsdan keyin ko‘rsatiladi yoki birlik belgisi kattalikning sonli qiymatidan keyin ham, yo‘l qo‘yiladigan eng katta og‘ishlar qiymatidan keyin ham ko‘rsatiladi. Masalan: (100,0 ±1) kg, 50g ±0.1 g kabi.

Fizikaviy kattaliklar sonli qiymatlarining oralig‘i ko‘rsatilganda birlik belgisi faqat oxirgi raqamdan keyin ko‘rsatiladi. Masalan: 0,5 dan 2,0 mm gacha.

Agar matnda fizikaviy kttalikning bitta birligi bilan belgilovchi sonli qiymatlar qatori (guruhi) keltirilsa, bu holatda birlik faqatgina oxirgi raqamdan keyin ko‘rsatiladi. Masalan: 5,9; 8,5; 10,0; 12,0 mm, 10x10x50mm, 20;50; 100kg.

Birliklar nomlanishi va belgilanishiga fizikaviy kattaliklar yoki obektga ko‘rsatma beruvchi harflar (so‘zlar) qo‘shilishi mumkin emas. Masalan: p.m. yoki pm (pogon metr), ekm (ekvivalent kvadrat metr), nm yoki Nm3 (normal kub metr), og‘irlik % i (og‘irlik foizi). Barcha bunday holatlarda aniqlovchi so‘zni kattalik nomlanishiga bog‘lash birlikni esa standartga muvofiq ravishda belgilash lozim. Masalan: pogon uzunlik 5m, ekvivalent maydon 10m2, gaz holati (normal sharoitga keltirilgan) 100m3, og‘irlik xissasi 100% va h.k.

Birlik belgilarini jadvallar grafalarining sarlavhalarida, shuningdek, formalarda kattaliklar belgilarini izohlashda qoilashga yo‘1 qo‘yiladi, lekin birlik belgilarini formula bilan bir qatorga yozishga ruxsat berilmaydi.


Noto‘g‘ri

To‘g‘ri

g=3-6///km/soat, bunda

r=3.6/D bunda

1-yul, m

r-tezlik ,km/soat

t-vakt, sek.

1 -yul, m

Hosilaga kiruvchi birliklar harf belgilarini xuddi ko‘paytirishdagi kabi nuqta bilan ajratiladi. Masalan; N*m, A»m2, Pa*s.

Birliklar harfli belgilarning nisbatida bo‘luv belgisi sifatida faqat bitta qiyshiq yoki gorizantal chiziq qoilanilishi lozim. Birlik belgilami darajalardan hosila (musbat yoki manfiy) birlik ko‘rinishida qoilanishga yoi qo‘yiladi.



Noto‘g‘ri

To‘g‘ri

CO

u', r"°-Ro1 Ni»m'2 *K'

Agar nisbatga kiruvchi nisbatlardan biri uchun manfiy daraja ko‘rinishidagi belgi qo‘yiladigan bo‘lsa, u xolda qiyshiq yoki gorizantal chiziqni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. va % maxsus belgilarni qo‘shishga yoi qo‘yiladi, shuningdek,

ulami birliklarining harfli belgilari bilan ham qo‘shishga yoi qo‘yiladi Masalan: % va hakazo.

0‘nlik butun va ulush birliklar hosil boiganda ikki yoki undan ortiq old qo‘shimchalaming ketma-ket qo‘shilishiga yoi qo‘yilmaydi. Masalan: mikrofarada o‘rniga pikofarada yozilishi lozim old qo‘shimcha yoki uning belgisi u qo‘shilib qiladi birlik nomi bilan qo‘shilib yaxlit holda yoziladi.- Agar birlik birliklarning hosilasi yoki nisbati hosil boiadi u holda old qo‘shimcha hosila yoki nisbat markitiga kiruvchi birinchi birlik nomiga qo‘yiladi.

Nazorat savollari



  • Metrologiya sohasida atamalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar.

  • Fizikaviy kattaliklaming nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish.

  • Fizikaviy birliklarining nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini tekshirish.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling