Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

To‘ldiruvchilar. To‘ldiruvchilar tarkibi jihatidan organik va an-
organik to‘ldiruvchilarga, strukturasi jihatidan esa tolali va donador 
(ba’zan kukun) to‘ldiruvchilarga bo‘linadi. Plastmassalar ishlab 
chiqarishda to‘ldiruvchilar sifatida organik to‘ldiruvchilardan–
yog‘och kukuni, yog‘och sellulozasi, yog‘och shponi (yupqa faner), 


227
paxta taramlari, ip gazlama, sintetik matodan foydalaniladi; anorga­
nik to‘ldiruvchilardan–asbest tolasi va to‘qimasi, shisha tolasi, shisha 
tolasidan to‘qilgan mato, qisqa tolali asbest (kukun to‘ldirgich sifa­
tida), kaolin, slyuda, kvars kukuni, talk, ohak, kizelgur va boshqa-
lar ishlatiladi. Plastmassalar tarkibiga kirgan to‘ldiruvchilar ularning 
xossalarini yaxshilaydi, bundan tashqari, nisbatan arzon bo‘lgani 
uchun buyumlarni arzonlashtiradi.
1. Yuqori qatlam. Past haroratda shisha-
lanadigan ABS­plastikdan tayyorlangan. 
Tashqi qatlam va dekorativ funksiyaga ega.
2. Shisha plastikdan ikki o‘qli yo‘naltiril­
gan qatlam markaziy qismni qobig‘i.
Torsion rolini bajaradi va tashqi qatlamlarni 
konstruksiyani markazi bilan birlashtiradi.
3. Markaziy qism­poliuretanli to‘ldirgich.
4. Dempferlovchi qatlam. Poliuretandan 
tayyorlangan. Tebranishni kamaytirishga 
mo‘ljallangan.
5. Asos (taglik). Presslangan uglerod 
(polimer matritsaga uglerod zarrachalari 
presslangan). Abraziv yeyilish va bikirlikni 
ta’minlaydi.
6. Chetlari. Puxtalangan po‘lat. Qorga 
«kirganda» qayilishni yengillashtiradi.
7. Shishaplastikdan tayyorlangan bir 
o‘qli yo‘naltirilgan qatlam. 0

va qisman 
90
0
da yo‘naltirigan bo‘ylama bikirlikni 
ta’minlaydi.
Organik to‘ldiruvchilar polimerlarni yaxshi singdiradi. Tolali 
to‘ldiruvchilar buyumlarning uzilishdagi va zarbiy egilishdagi mus-
tahkamligini oshiradi. Anorganik kukun to‘ldiruvchilar buyumlar­
ning suvga va issiqqa chidamliligi hamda qattiqligini oshiradi, ular­
ning g‘ovakliligi va gigroskopikligini pasaytiradi.


228
Termoplastik smolalarga qo‘shiladigan plastifikatorlar ularning 
yumshash haroratini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni oson-
lashtiradi. Plastifikatorlar sifatida yuqori haroratda qaynovchi kichik 
molekular suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar 
va boshqalar eng ko‘p ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shi-
mib bukadi, bunda plastifikatorning molekular qatlamlari zanjiriy 
makromolekulalar atrofida joylashib, ular orasidagi bog‘lanishlarni 
zaiflashtiradi. Polimerning yumshash harorati pasayishi va uning 
shishalanishiga, ya’ni qizdirilganda shishasimon holatdan qovu-
shoq–oquvchan holatga va sovitilganda yana shishasimon holatga 
o‘tishining sababi ham ana shu.
Eng oddiy qilib dispеrsli (kukunsimon) to‘ldiruvchilarni organik 
va noorganik turlarga bo‘lish mumkin. Ammo bunda ularning har 
birini yana tolasimon va tolasimon bo‘lmagan turlarga bo‘lish kеrak 
bo‘ladi. Bunda ularning bo‘linishi zarralarning o‘lchami va shakli, 
zichligi va shunga o‘хshash ko‘rsatkichlari bo‘yicha bo‘lib chiqiladi. 

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling