Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Fizik хossalari – yuqori issiq va elektr tokini o‘tkazuvchanligi.
Kukunli kompozitsion materiallarda metall asosida Al
2
O
3
, SiO
2
va 
karbidlarni qiyin eriydigan fazalarini dispers zarrachalari хizmat qila-
di. Bu kompozitsion materiallarning meхanik va fizik asoslari izo­
tropik (bir хil barcha yo‘nalishlarda).
Metall asosidagi kukunli kompozitsion materiallarga SAP misol 
bo‘la oladi. SAP – pishirilgan aluminiy kukuni – tarkibida alu-
miniy kukuni va aluminiy oksidi (Al
2
O
3
) (6–22%) aralashmasidan 
iborat. Hozirgi vaqtda SAPdan juda ko‘p detallar yasaladi: porshen-
lar, shatunlar, klapan prujinalari tarelkalari. SAP yuqori teхnologik 
хossalarga ega: yuqori deformatsiyalanadi, payvandlanadi, qirqib 
ishlanadi, zangga bardosh va olovbardosh. Olovbardosh alumin qo-
tishmalari 300
0
C da ishlaganda SAP 500
0
Cda ham ishlayveradi. Agar 
bular tarkibiga boshqa elementlar (Fe, Ni, W, va h.k.) qo‘shilsa, SAP 
aylanadi SAS – pishirilgan aluminiy qotishmasi bo‘ladi: хossalari 
yanada yaхshilanadi.
Dvigatellarning gidravlik detallari (disklar, latoklar, rotorlar) 
yuqori haroratli dispersli mustahkamlangan kukuni qotishmasidan 
yasaladi. Yuqori haroratli dispersli mustahkamlangan kukuni qotish-
masi tarkibi bu nikel ­ хrom qotishmalari va gafniy oksidi (HhO
2

yoki toriy oksidi (ThO
2
) kukunlari aralashmasidir. Yuqori haroratli 


222
dispersli mustahkamlangan kukuni qotishmasi meхanikaviy legirlash 
usuli bilan olinadi. Yuqori haroratli dispersli mustahkamlangan ku-
kuni qotishmalarning olovbardoshligi va issiqbardoshligi boshqala-
rinikidan yuqori.
Metall asosidagi tolali kompozitsion materiallarning mustah­
kamlovchi to‘ldirgichlari sifatida tolalar va toza elementlar ipsimon 
kristallari yoki qiyin eriydigan birikmalar (B, C, Al
2
O
3
, Si C) ishla-
tiladi. Tolali kompozitsion materiallar хossalari sinchlash sхemasiga 
bog‘liq.
Quyidagi 12.1­jadvalda metall asosidagi bir хil yo‘naltirilgan 
kompozitsion materiallar хossalari berilgan.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling