Materialshunoslik indd


 diamagnetizm va paramagnetizm


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

11.5. diamagnetizm va paramagnetizm
diamagnetizm magnetizmning o‘ta kuchsiz ko‘rinishi bo‘lib, 
bunda magnitlanganlik faqatgina tashqi magnit maydoni ta’sir etib 
turgandagina saqlanib qoladi. Bunday turdagi magnetizm, tashqi 
magnit maydoni ta’sir o‘tkazganda elektronlarning orbital harakati 
o‘zgarishi natijasida vujudga keladi. Induksiyalangan magnit mo-
ment kattaligi juda oz bo‘lib, moment esa tashqi maydon yo‘nalishiga 


217
qarama­qarshi tomonga yo‘naltiriladi. Shuning uchun nisbiy 
o‘tkazuvchanlik birdan kam bo‘ladi (ozgina bo‘lsa ham), magnit 
ta’sirchanlik belgisi esa – salbiy. Bu esa, diamagnit qattiq jismda mag-
nit maydon induksiyasi V o‘lchovi, vakuumdagidan ko‘ra kamroq 
bo‘lishini bildiradi. Diamagnit qattiq jismlar hajm ta’sirchanligi 
χ
m

10-
3
o‘lchamiga teng. Agar diamagnit materiallardan tayyorlangan 
jismni kuchli elektromagnit polyuslari orasiga joylashtirilsa, u magnit 
maydon kuchsiz bo‘lgan joyga qalqib chiqadi.
Tashqi maydon yaqinlashtirilganda va uzoqlashtirilganda diamag-
nit materialda atom magnit momentlarining ko‘rinishi aks ettirilgan. 
11.11­rasmda strelkalar bilan, atomning barcha elektronlari moment-
lari tomonidan yaralgan atomlar magnit momentlari ko‘rsatilgan 
(yuqoridagi muhokamalarga qarang).
Paramagnetizm 11.11-rasmda diamagnit xossalari bor mod-
dada V ning N tashqi maydonga tobeligi ko‘rsatilgan. 11.7­jadvalda 
ba’zi diamagnit moddalarning ta’sirchanlik qiymati ko‘rsatilgan. 
Diamagnetizm barcha moddalarda mavjud. Biroq bu shunchalik 
kuchsiz effektki, uni aniqlash uchun magnetizmning barcha boshqa 
turlari to‘liq yo‘q bo‘lishi shart. Bu magnit hodisalar turining deyarli 
amaliy ahamiyati yo‘q. Ba’zi moddalarda har bir atom elektron spinlar 
yoki orbital magnit momentlarning to‘liqsiz o‘zaro qoplanishi nati-
jasida doimiy magnit momentiga ega bo‘ladi. Tashqi magnit maydoni 
yo‘qligida mazkur atom magnit momentlar orientatsiyasi tasodifiy 
bo‘lib, shundan jism magnit xususiyatlarga ega bo‘lmaydi.11.11 b-
rasmida ko‘rsatilganidek magnit momentlar erkin harakat qilishi 
mumkin, ular tashqi maydon ta’sirida asosiy yo‘nalishlarini maydon 
tomonga o‘zgartirganda 
paramagnetizm hodisasi vujudga keladi. 
Har xil atomlarning magnit momentlari bir biridan mustaqil ravish-
da harakatlanib, qo‘shni dipollar o‘rtasidagi hech qanday bog‘liqlik 
bo‘lmaydi. 
Dipollar tashqi maydonga harakatlanishini inobatga olib, ular uni 
kuchaytiradi va nisbiy o‘tkazuvchanlik qiymatiga, katta birliklarga, 
nisbatan kichik bo‘lgan , biroq ijobiy qiymatdagi magnit ta’sirchanlikka 
ham mos keladi. Paramagnit moddalarda ta’sirchanlik qiymatlari 10-
5
dan 10-
2
diapazonida bo‘ladi (11.7­jadval). Paramagnit moddalarda 


218
V ning N ga to’beligi 11.12-rasmda sxema tarzida ko‘rsatilgan. Dia 
va paramagnit moddalar asosan magnitsiz deb sanaladi, chunki ularda 
magnetizm faqat tashqi magnit maydon ta’sirida vujudga keladi. bun-
dan tashqari ularda magnit induksiya qiymati vakuumdagidan kam 
farqlanadi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling