Materialshunoslik indd


Birga ta’sir etish prinsipi


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Birga ta’sir etish prinsipi quyida turli tipdagi kompozitlar ko‘rib 
chiqiladi, xususan, ko‘p fazali metall qotishmalar, keramika va po-
limerlar. Masalan, perlitli po‘latlar almashib turadigan α – ferrit va 
sementitdan iborat mikrostrukturaga ega. Ferrit fazasi yumshoq va 
plastiklikka ega, sementit – bikir va juda mo‘rt. Perlitli po‘latlarda 
erishiladigan xossalar (yuqori plastiklik va mustahkamlik), tashkil 
etuvchi komponentlar xossalaridan ustundir.
Kompozitsion materiallarni tabiatda ham uchraydi. Masalan, da-
raxt mustahkam va qayishqoq selluloza tolalaridan tashkil topgan
ular esa ligin deb nomlanadigan yumshoq muhit bilan birlashtirib 
bog‘lab turiladi. Suyaklar ham mustahkam, lekin deyarli yumshoq 
gollagen va qattiq mo‘rt mineral moddadan tashkil topgan kompo­
zitlardir.
Bu bobning anglatishicha kompozit deb tabiiy usulda emas, balki 
sun’iy yaratilgan material tushuniladi. Undan tashqari, kompozitdagi 
alohida fazalar aniq ajralib turgan fazalararo qatlam bilan chegaralan-
gan mutlaqo har xil materiallardir. Shunday qilib, ko‘pchilik metall 
qotishmalar va keramika bu ta’rifga taalluqli emas, chunki ulardagi 
ko‘p fazali struktura tabiiy holda hosil bo‘ladi.
Olimlar va muhandislarni kompozitlarni yaratishdagi harakatlari 
metall, keramika va polimerlarni sun’iy ravishda birlashtirib, ekstra 
ordinar xossali yangi avlod materiallarini yaratishga qaratilgan.
Aksariyat hollarda kompozitlarni olishdan maqsad asosiy mexanik 
xossalarni mujassamligini – xona va yuqori haroratlarda bikirlik, zar-
biy qovushqoqlik, mustahkamlikni yaxshilash. 
Matritsa dispers faza ko‘pchilik kompozitsion materiallar ikki 
fazadan tashkil topgan. Ulardan biri 
matritsa deb nomlanadi, ik-
kinchisi 
dispers faza. Kompozitlarni xossalari ularni tashkil etuvchi 
komponetlar xossalariga, ularning nisbiy miqdoriga va dispers fa-
zaning geometriyasiga bog‘liq. “Dispers fazaning geometriyasi” de-
ganda zarralar shakli, o‘lchami, hajmdagi taqsimlanishi va fazodagi 


233
orientatsiyasi nazarda tutiladi. Ayrim dispers fazalar geometriyasining 
variantlari 12.1-rasmda keltirilgan.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling