Materialshunoslik indd


-rasm. Kukunsimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan plast-


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

12.4-rasm. Kukunsimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan plast-
massalar: 1–bog‘lovchi asos; 2–kukunsimon to‘ldiruvchi.
Kukunsimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan plastiklar zamo-
naviy materialshunoslikda dunyo miqyosida keng va ko‘p miqdorda 
ishlab chiqarilmoqda. Bunday plastmassalarda bog‘lovchi asos sifa-
tida termoreaktiv yelimlardan (epoksid yelimi, fenolformaldegid ye-
limi, furanformaldegid yelimi va h.k.) keng foydalaniladi, to‘ldiruvchi 
sifatida kvars, chinni tolkoni, grafit, vollastonit, qum, kaolin kabi 
minerallardan keng foydalaniladi. Bunday materiallar issiqbardosh 
bo‘lib, ishqalanuvchi detallarda keng ishlatiladi, shuningdek qurilish 
materiallaridan dekorativ materiallar olishda keng miqyosda ishlab 
chiqarilmoqda. Kukunsimon to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan plastik-
lar ancha yengil, arzon va ishlab chiqarish texnologiyasini qulay va 
arzonligi bilan bugungi xaridorlar uchun ma’qul kelmoqda.


245
1

12.5-rasm.Tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalar: 
1– bog‘lovchi asos; 2– to‘ldiruvchi tola.
Tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalar juda yuqori puxtalikka va 
pishiqlikka ega, siljishdagi va cho‘zilishga mustahkamligi yuqori 
bo‘lib, metallarga nisbatan solishtirma og‘irligi 4–8 marta kamdir. 
Tolalar bilan to‘ldirilgan(sinchlangan) plastmassalar bugungi kunda 
samolyotsozlik, kemasozlik, kosmonavtika texnikalari, avtomobil-
sozlik va mashinasozilk detallarini tayyorlashda juda keng miqyosda 
ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 12.1­jadvalda shisha, uglerod, or-
ganik tolalar bilan sinchlangan plastmassalarning mexanik xossalari 
keltirilgan.
12.2­jadvalda keltirilgan ma’lumotlar uzluksiz tolalar bilan sinch­
langan plastiklardir. Shishaplastiklar tipik konstruksion materiallar 
bo‘lib, ularda bog‘lovchi asos sifatida polikondensatsion yelimlar
to‘ldiruvchi sifatida esa shisha tolali materiallar ishlatiladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling