249
ishlab chiqariladi. Bunday materiallardan kemasozlik, avtomobilsoz-
lik, samolyotsozlik va boshqa ko‘plab mashinasozlik, sanoat va uy
joy qurilishi tarmoqlarida ishlatiladi.
a)
b)
d)
12.9-rasm. a–metall listga tashqi qo‘llangan plastik, b–metall
listga ichki qo‘llangan plastik, d–metall list orasiga qo‘llangan
plastik: 1–metall list, 2–plastik qo‘llanma.
Polimerlardan buyumlar ishlash usullari. Polimer materiallar-
dan istalgan shakldagi xilmaxil buyumlar, shuningdek, ip, plyonka,
list, quvur va boshqalar tayyorlanadi.
Polimerlarning o‘ziga xos fizik va texnologik xossalari ularni
buyumlarga va yarim tayyor mahsulotlarga
aylantirishda maxsus usul-
lardan foydalanish talab etiladi. Polimerlarni buyumlarga aylantirish-
ning asosiy
usullariga ekstruziyalash, odatdagi usulda quyish, bosim
ostida quyish, odatdagicha presslash, quyma presslash, ko‘pirtirish,
payvandlash, qizdirib purkash, randalash, shuningdek, dastgohlarda
qirindi yo‘nib olish yo‘li bilan ishlash usullari kiradi.
Sinov savollari:
1. Kompozitsion materiallarni asosiy uch tipini ayting va asosiy
ko‘rsatgichlarini nomlang.
2. Matritsani mayda zarrachalar bilan kompozitni armaturalash
(armirovat) qilganda to‘ldirgichni yirik zarralarini qo‘llab kuchayti-
rish mexanizmlaridagi farqni ko‘rsating.
3. Tolalarni uzunligi va ularni orientatsiyasidan chiqqan holda,
tolalar bilan armirovat qilingan uch tipdagi
kompozitlarni farqini
ko‘rsating. Har bir tipdagi kompozitning mexanik xossalarini farqini
izohlang.
250
4. Mahsulotda bo‘ylama joylashgan uzluksiz tolalar bilan ar-
maturalash qilingan materiallarni mustahkamligi va bo‘ylama elas-
tiklik modulini hisoblang.
5. Mahsulotda bo‘ylama joylashgan
kalta tolalar bilan armatu-
ralash qilingan materiallarni bo‘ylama mustahkamligini hisoblang.
6. Plastmassalarni kuchaytirish uchun qo‘llaniladigan uchta
asosiy tipdagi armaturali tolalarni nomlab bering; har birini afzallik
va kamchiliklarini ko‘rsating.
7. Metall matritsali kompozitlarda
qanday xossalarni olish
maqsadga muvofiq?
8. Keramik matritsali kompozitlar olishning asosiy sababini
ko‘rsating.