Materialshunoslik indd
Nanomateriallarni qo‘llanilishi
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
13.2. Nanomateriallarni qo‘llanilishi
Hozirda nanomateriallar juda kop sohalarda qo‘llaniladi; sano- atda, nanoelektronikada, nanooptikada, nanobiologiyada, nanospek troskopiyada, nanomeditsinada, nanoelementlarda va h.k. 254 Nanomateriallarni sanoatda qo‘llanilishi alohida ahamiyatga ega. Bu materiallarning xossalari prinsipial farq qilgani uchun sanoatni kop sohalarida ishlatiladi. Albatta birinchi navbatda nanomateriallarni qo‘llash yuqori mexa nik xossali yangi konstruksion materiallarni yaratishga imkon beradi. Nanostrukturali moddadan yasalgan rezbali mahsulot (detal) yuqori mustahkam bo‘ladi. Masalan avia va avtomobilsozlikda ishlatiladi- gan titandan yasalgan mahsulot nanostrukturali qilib olinsa, uning chidamliligi uzoq umr ko‘rishi (dolgovechnost) 1,5 marta oshadi, rezbani yasash mehnat sig‘imi kamayadi. Nanostrukturali aluminiy qotishmalaridan murakkab formadagi yengil mahsulotlarni yuqori tezlikda o‘ta plastik deformatsiyalab (bosim bilan ishlab) detallar yasash mumkin. Bu sharoitda shtampli barcha teshik, burchak va h.k. lari to‘liq to‘ladi, deformatsiya kuchi pasayadi, forma hosil qilish harorati pasayadi (450ºC dan 350ºC ga- cha). Ma’lumki, hozirda bu usul bilan ichki yonar dvigateli porshen- lari (murakkab formadagi) yasaladi. Nitridli legirlangan keramik nanostrukturali moddalardan tuzilgan material olovbardosh bo‘ladi va ulardan ichki yonar dvigatellar, gaz turbinalari, keskich plastinkalari yasaladi. Metallurgiyada esa nanomaterialdan yasalgan o‘tgabardosh mate- rial keramika qo‘llaniladi. Hozirda nanoparoshoklar ko‘p funksiyali qo‘shimcha sifatida juda keng qo‘llaniladi: motor, transmissiya va industrial moylarga, plas- tik moylarga, bosim ostida ishlaydigan jarayonlarda ishlatiladigan 255 texnologik moylarga, metallarni qirqishdagi moylovchisovituvchi suyuqliklarga, sayqallashdagi (dovodno pritirichnqe) pasta va sus- penziyalarga qo‘shiladi. Tarkibida plastmassa va polimerlar bo‘lgan kompozitsion ma- teriallarga metallarning nanokukunlarini qo‘shish ancha istiqbolli yo‘nalishdir. Bu yo‘l bilan plastikmagnit, elektr o‘tkazadigan rezina, tok o‘tkazadigan kraska, kley va h.k. xossali kompozitsion material- lar olish mumkin. Metallarni nanokukunlari qo‘shilib yonmaydigan polimerlar olinadi. Umuman, nanomaterialli qo‘llamalar bir tekisda, bir xil qalinlikda, bir xil zichlikga yetadi, olovbardosh bo‘ladi. AQSHning Yelekiy universtiteti olimlariga tibbiyotda nanomateri- allarni (texnologiyani) qo‘llashni o‘rganishga 6,5 mln. dollar hajmida pul ajratilgan. Olimlar insonlarning tirik to‘qimalariga impluatatsiya qilinadigan biomimetik nanoo‘tkazgichni yaratyaptilar. Bundan buyon quyosh energiyasidan foydalanish energetika so- hasidagi dolzarb masala bo‘lib qolaveradi. Nanotexnologiya asosida yaratilgan misindiydieselenidgalliy (CIGSplyonka) plyonkasini fotoelektrik effekti (samaradorligi) hozirgi zamon quyosh element- larinikidan 20% ga ko‘proq. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling