Materialshunoslik indd


-rasm. Qisqa tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalar


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

12.6-rasm. Qisqa tolalar bilan to‘ldirilgan plastmassalar: 
1–bog‘lovchi asos; 2– to‘ldiruvchi qisqa tola.
Qisqa uzunlikdagi(uzlukli) tolalar bilan sinchlangan plastmassalar 
ham yaxshi mexanik xossalarga ega bo‘lib mashinasozlik, avtomobil-
sozlik, kemasozlik sohalarida keng miqyosda dunyo bo‘yicha ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Tolalar bilan sinchlangan plastmassalarda 
bog‘lovchi asos (termoreaktiv yelimlar) va to‘ldiruvchi tolalar bilan 
yuqori mustahkamlikdagi materiallar olinib kelinmoqda. Qisqa to-
lalar bilan sinchlangan plastmassalarda tola miqdori 10–25% gacha 
bo‘lib, yuqori pishiqlikka, puxtalikka ega bo‘lib kimyoviy agressiv 
muhitlarga chidamlidir. 


12.7-rasm. Gaz bilan to‘ldirilgan plastmassalar: 
1–bog‘lovchi asos; 2– to‘ldiruvchi gaz.
Gaz bilan to‘ldirilgan plastmassalar ham yaxshi mexanik xossalar­
ga egadir. Jumladan bunday materillar qurilish materiallari, kemasoz-
likda keng foydalaniladi. Bunday materiallar ham yuqori pishiqlik 
va puxtalikka egadir. Ayniqsa binolarni, avtomobillar, suv transport 
vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikalarini germetikligini ta’minlashda 


248
keng foydalaniladi. Chunki bunday materiallar issiq va sovuqni 
o‘tkazmasligi, suv va namlikni o‘zida saqlab qolishi, tebranish va 
zarbaga mustahkamligi, yengil va puxtaligi, foylanish qulayligi bilan 
o‘z afzalligiga egadir. 
Metallplastiklar mashinasozlik materiallarini ishlab chiqarish­
da keng foydalanib kelinayotgan va yildan-yilga ularga bo‘lgan 
talab ortib borayotgan zamonaviy istiqbolli materiallardandir. 
Metallplastiklardan qurilish inshootlarida, bino va inshootlarning 
tashqi bezagida, eshik va deraza romlarini ishlab chiqarishda keng 
foydalaniladi. Bunday materiallarning chidamliligi uzoq muddatli 
bo‘lib, havoning agressiv ta’siriga, quyosh radiatsiyasi, namlik va 
issiqqa bardoshliligi, yengil va puxtaligi bilan o‘zining afzalliklari-
ga egadir. Shuningdek mashinasozlik, kemasozlik detallarini ishlab 
chiqarish miqyosi yildan­yilga ortib bormoqda. 
Quyidagi 12.4–12.8­rasmlarda metalplastikli quvurlarning 
ko‘ndalang kesim yuzalari keltirilgan. Tashqi qismi plastik bilan 
qoplangan quvurlardan suv, neft va gaz tarmoqlarida foydalaniladi. 
Bunday metallplastikli quvurlarning afzalligi ularni metall quvurlar­
ning ustki qismi plasmassadan bo‘lgani bois chirimaydi, elektr izo-
latsiyasi yuqoridir. 
a) 
b)

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling