Materialshunoslik indd
Yirik zarrali to‘ldirgichli kompozitlar
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siljish qoidasiga
Yirik zarrali to‘ldirgichli kompozitlar. To‘ldirgichlar qo‘shilgan
ayrim polimerlar, ko‘rilayotgan turdagi kompozitlarni tashkil qiladi. Bu holda to‘ldirgich bazaviy materialni xossalarini yaxshilaydi yoki modifikatsiyalaydi, yoki qimmat polimerni bir qismini arzonroq to‘ldirgichga almashtiradi. Boshqa bir yaxshi ma’lum yirik zarrali to‘ldirgichli kompozitsion material – sement (matritsa), qum va shag‘aldan (to‘ldirgich zarralari) tashkil topgan beton. Armaturalash yetarli samarali bo‘lishi uchun zarralar o‘lchami nisbatan kichik bo‘lishi va matritsa hajmida bir te- kis taqsimlanishi kerak. Kompozitni holati ikkala fazaning undagi hajmiy nisbatiga bog‘liq. Kompozitdagi to‘ldirgichni miqdori ortishiga qarab aralashmani mexa nik xarakteristikalari ortadi. Ikki fazali sistemada elastiklik modulini disperslangan fazaning hajmiy miqdoriga bog‘liqligini ko‘rsatish uchun ikkita formula taklif etilgan. Siljish qoidasiga binoan elastik- lik moduli ikki chegara o‘rtasida joylashgan – yuqori chegara, qu yidagi formula bilan ifodalangan: E s (u) = E m V m + E ’ V (12.1) va quyi chegara quyidagi formula bilan ifodalangan: E s (l) = (12.2) Bu tenglamalarda V va E – hajmiy miqdor va elastiklik moduli, c, m, ‘satr osti indekslar bo‘lib, kompozit, matritsa va disperslangan zarralarga tegishli. Tolalar bilan armaturalangan kompozitsion mate- riallar uchun (12.2) va (12.3) tenglamalarda keltirilgan. 235 Plastmassa va elastomerlarni mustahkamligini ko‘pincha dis- perslangan zarralarni qo‘shib erishishga harakat qiladilar. Ko‘pgina zamonaviy rezinalarni qo‘llash armaturalash uchun texnik uglerod (qorakuya) kabi material zarralarini qo‘llash hisobiga erishildi. Qorakuya tabiiy gaz yoki neftni havo kislorodi cheklangan muhitda yoqish natijasida hosil bo‘lgan juda mayda yumaloq uglerod zarracha- laridan iborat. Juda arzon modda bo‘lgan bunday qorakuya zarracha- larini vulkanizatsiya qilingan kauchukka qo‘shilganda cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, zarbiy qovushqoqlik hamda yemirilish va abraziv yeyilishga qarshilik oshadi. Avtomobil shinalaridagi qora- kuya miqdori 15–30%. Qorakuya qo‘shilganda kuchaytirish effektiga erishish uchun uning zarrachalarining o‘lchami kichik bo‘lishi kerak, diametri 20–50 nm. Undan tashqari, qorakuya zarralari matritsa bilan mus- tahkam adgezion bog‘lanish hosil qilib, kauchuk hajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlangan bo‘lishi zarur. Armaturalash komponenti sifa- tida boshqa moddalarni, masalan, kremnezemni qo‘llashni samarasi pastroq, chunki kauchuk va to‘ldirgich molekulalari orasida spetsi- fik o‘zaro bog‘lanish hosil bo‘lmaydi. 12.6rasmda qorakuya bilan to‘yintirilgan kauchukni elektron mikrosurati keltirilgan. Beton bu yirik armaturalovchi zarralardan tashkil topgan kompo zitsion material bo‘lib, undagi matritsa va to‘ldirgichlar keramika sin- figa taalluqli. “Beton” va “sement” terminlari har doim ham to‘g‘ri qo‘llanilmagani, ayrim hollarda birbirini o‘zaro almashtiruvchi hisoblanganligi sababli ular orasidagi farqni ta’kidlamoq zarur. Umumiy ma’noda beton qattiq zarralar agregatidan tashkil topgan, o‘zaro qandaydir bog‘lovchi muhit yordamida, ya’ni sement bilan birlashtirilgan kompozitsion materialdir. Betonni ikkita turi eng ko‘p ma’lum – bu portland sement asosida va asfaltobeton, undagi qattiq agregatlangan zarralar – qum va shag‘al. Asfaltobeton avvalambor yo‘llarni qoplash uchun keng qo‘llaniladi, portland sement asosidagi beton keng tarqalgan qurilish materiali sifatida qo‘llaniladi. Quyida betonni so‘ngi turi ko‘riladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling