Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamligi yuqori materiallar.
- Yuqori elektr toki o‘tkazuvchi materiallar.
Uglerodli nanotrubka. Ugleroddan juda kop atomi bo‘lgan mole-
kula olish mumkin. Uzunligi bir necha o‘n mikron, diametri 1 nm bir qatlamli trubkada S»1000 000 atom bo‘lishi mumkin. Trubka yuza- sidagi to‘g‘ri oltiburchakning uchlarida uglerod atomlari joylashgan. Trubka oxiri 6 ta to‘g‘ri beshburchak bilan yopilgan. Uch o‘lchamli fazoda to‘g‘ri beshburchak, oltiburchak va yetti burchaklarni kombinatsiyalash orqali turli shakldagi uglerod sirtlarini olish mumkin. Bu nanoqurilmalar geometriyasi, ularning ajoyib fizik hamda kimyoviy xossalarini belgilaydi. Natijada yangi material va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘lishi imkonini beradi. Molekular dinamika hisoblari va kvant modellari yordamida uglerod materiallari fizikaviy hamda kimyoviy xossalarini oldindan aytish mumkin. Bir qatlamli trubkalar yaratish bilan bir qatorda ko‘p qatlamli trub- kalar yaratish imkoni mavjud. Nanotrubkalarni ishlab chiqarishda maxsus katalizatorlardan foydalaniladi. Yangi materiallarni afzalligi nimada? Uchta xossaga to‘xtalamiz. Mustahkamligi yuqori materiallar. Grafit listda uglerod atomlari ning o‘zaro bog‘lanishi, ma’lumlariga nisbatan eng yuqori. Nuqsonsiz uglerodli trubkalar po‘latdan ikki barobar mustahkam va to‘rt marta yengil. Texnologiya oldida turgan vazifalar biri cheksiz uzunlikka ega bo‘lgan uglerod nanotrubkalarini yaratishdir. Bunday trubkalardan yangi asr texnikasi uchun yuqori mustahkam va yengil kompozitlar tayyorlash mumkin. Masalan, ulardan qurilish va ko‘priklar kuch lanish ta’siridagi elementlari, uchish qurilmalari tutib turuvchi kon- struksiyalari, turbina elementlari, kam yoqilg‘i sarflaydigan dvigatel- lar kuchli bloklari va b. ishlab chiqarish mumkin. Hozirgi kunda diametri 10 nanometr bo‘lgan 10 mikron uzunlik- dagi nanotrubka yaratilgan (13.2-rasm). Yuqori elektr toki o‘tkazuvchi materiallar. Ma’lumki kristall grafitda bo‘ylamasiga boshqa materiallarga nisbatan elektr o‘tkazuvchanligi, aksincha yonlamasiga kichik. Shu sababli nanotrub- kalardan yasalgan kabellar, xona haroratida tok o‘tkazuvchanligi mis 267 kabellarga nisbatan 2 marta yuqori bo‘lshi kutilyapti. Zarur miq- dorda va uzunlikda trubkalar ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi texnologiyani yaratish zarur. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling