Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
latunlar, bronzalar,
mis-nikel qotishmalariga bo‘linadi. Texnologik vazifasiga qarab deformatsiyalanadigan va quyma bo‘ladi. Mexanik ishlashdan so‘ng puxtalanishiga qarab: puxtalanadiganlar, termik ishlash bilan puxta- lanmaydigan bo‘ladi. Latunlar. Mis qotishmasida rux asosiy legirlovchi komponent – tashkil etuvchi bo‘lsa, qotishma latun deb nomlanadi. Ular ikki kom- ponentli va ko‘p komponentli bo‘ladi. Ikki komponentlilari Л90 kabi markalanadi: bunda 90% mis, qolgani rux hisoblanadi. Ko‘p komponentlisi: ЛAНKMс 75–22,5–0,5–0,5 bu 75% Cu; 2% – Al; 2,5% – Ni; 0,5% – Si; 0,5% marganes; qolgani rux degani. Amaliyotda tarkibida 45% gacha rux bo‘lgan latunlar ishlatiladi. Mexanik va texnologik xossalarini yaxshilash uchun Fe qo‘shiladi. Qo‘rgoshin plastiklikni yomonlashtiradi, fosfor qattiqlikni oshirib, plastiklikni ancha pasaytiradi. Al; Si; Mn xossalariga ta’sir qilmay- di. Korroziyabardoshlikni oshirish uchun Al; Si; Mn; Ni qo‘shiladi. 113 Qalay qo‘shilsa mexanik ishlash osonlashadi va ishqalanib yeyi- lishga qarshiligi ortadi. Bronzalar. Mis qotishmasida asosiy komponentlar Sn, Al, Be,Si ,Pb bo‘lsa, qotishma bronza deyiladi. Misning nikel va boshqa le- girlovchi elementlar bilan qotishmalari bronzaning alohida turlari bo‘lib, ularni melxior, neyzilber, kunial, kopelyam deb nomla shadi. Bronzalar 2 turga bo‘linadi: a) qalayli; b) maxsus qalaysiz. Qalayli bronzalar yuqori antifriksion-ishqalanib yeyilishga bar- dosh xususiyatiga ega, qizib ketishga befarq, sovuqqa chidamli, mag- nit emas. Kamchiligi quymada g‘ovaklar hosil bo‘lishiga moyilligi. Fosfor bilan legirlansa, mexanik, texnologik va antifriksion xossa- lari ortadi. Qo‘rg‘oshin qo‘shilsa zichligi oshadi, antifriksionligi ortadi, qirqib ishlash osonlashadi, lekin mexanik xossalari yomon- lashadi. Rux texnologik xossalarni, temir(0,09%) esa mexanik xos- salarni yaxshilaydi. Legirlash darajasi me’yoridan oshirib yuborilsa, korroziyabardoshligi va texnologik xossalari keskin pasayadi. Mis va qo‘rg‘oshin, qattiq holida, bir-birida mutlaqo erimay- di. Shuning uchun qo‘rg‘oshinli bronzalar qotganidan keyin alo- hida mis kristallari va alohida qo‘rg‘oshin aralashmasidan iborat bo‘ladi. Bunday struktura qotishmani ishqalanishga chidamli va is- siq o‘tkazuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham qo‘rg‘oshinli bronzalar katta tezlik bilan ishlaydigan ishqalanish juftlari uchun ishlatiladi. Ularning mexanik xususiyatlari va korroziyaga chidamliligini oshi rish uchun nikel va qalay bilan legirlanadi. Mis qotishmalari ichida berilliyli bronzalar yuqori mustahkamligi, yeyilishga bardoshliligi va korroziyalovchi muhitga chidamliligi bilan ajralib turadi. CuBe qotishmalarida, berilliyning αeritmasi – mis- da, γfazasi – ularning elektron birikmasida mavjud. Harorat pasay ganda α–fazaning miqdori kamayadi. Bu, berilliyli bronzani toblab, sun’iy eskirtirganda termik mustahkamlanish effekti sodir bo‘lishiga olib keladi. Berilliyli bronzadan tayyorlangan buyumlar 500 0 C gacha haroratda ishlay oladi, qirqib ishlanishi va payvandlanishi – yaxshi, katta tezliklar va yuklamalarga ham chidaydi. 114 Bronzalarni arzonlashtirish uchun marganets, titan, nikel, kobalt bilan legirlanadi, ularning tarkibi, mexanik xususiyatlari va qo‘llanish sohalari berilgan. Mis asosida shunday qotishmalar ishlab chiqilganki, ularning ekspluatatsiya tavsiflarini, mexanik legirlash yo‘li bilan kerakli ho- latga keltirish mumkin. Bunda kukun komponentlar maxsus qurilma – “attritor” yordamida aralashtiriladi. Oksidlar, nitridlar va boshqa birikmalarning nanodispers zarralari ko‘rinishidagi mustahkamlovchi faza mis bilan legirlovchi qo‘shilmalar o‘rtasidagi mexanokimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling