Materialshunoslik indd
-rasm. Begona jinslar (a) va qo‘shilmalar (b)ning elektr
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
8.3-rasm. Begona jinslar (a) va qo‘shilmalar (b)ning elektr
o‘tkazuvchanlikka (mis) ta’siri. Hozirgi vaqtlarda misning rux, qalay, aluminiy, kremniy, berilliy, marganets, nikel bilan qotishmalari ko‘p qo‘llanadi. Mis qotishma- larida qo‘shilma sifatida ishlatiladigan elementlar qotishma marka- sida indekslar yordamida ifodalanadi: AlA; BaБр; WВaм, Внм, Вэл; BiBи; VB; CdГм; GaГл; GeГ; FeЖ; AuЗл; CoK(Ko); Si Kp(K); MgMг; MnMs; CuM; AsMш; NiH; SnO; PbC; SeCт; AgCр; SbCу; TiTи; PФ; ZnС. Cm/m Cm/m b 111 Mis qotishmalari, kimyoviy tarkibiga ko‘ra, jez(latun)lar, bron- zalar, misnikel qotishmalariga: texnologik vazifalariga ko‘ra – de- formatsiyalanadigan va quyiladigan; termik ishlovdan keyin mustah kamligining o‘zgarishiga qarab – mustahkamlanadigan va mustah- kamlanmaydigan turlarga ajratiladi. Asosiy legirlovchi elementi rux bo‘lgan mis qotishmalari jez(latun) lar deyiladi. Legirlovchi elementlarning miqdoriga qarab, ikki ele mentli (oddiy) va ko‘p komponentli (legirlangan ) jezlar bo‘ladi. Birinchisi Л harfi va raqamlar bilan markalanadi. Bu raqamlar qotish- madagi mis miqdorining o‘rtacha qiymatini ko‘rsatadi. Masalan, Л90 markali latunda mis miqdori 90%, qolgani – rux. Ko‘p komponentli jezlarning markasidagi harflar va raqamlar legirlovchi elementlar va ularning miqdorini (foizlarda) bildiradi. Masalan, aluminnikelkremniymarganetsli latun (jez): ЛАНКМс 75–22,5–0,5–0,5da 75% mis, 2% aluminiy, 2,5% nikel, 0,5% krem- niy, 0,5% marganets bor, qolgani ruxdan iborat. Bronzalar – asosiy komponentlari qalay, alumin, berilliy, krem- niy, qo‘rg‘oshin va boshqa elementlardan iborat mis qotishmalaridir. Rux legirlovchi element (qo‘shilma) sifatida ishtirok etishi mumkin. Bronzalar “Бр” harflari va raqamlar bilan markalanadi, jezlar marka- sidagi kabi ma’noga ega. Masalan, БрОФ 6,5–0,15markasida 6,5% qalay, 0,15% fosfor bor, qolgani – mis. Misning nikel va boshqa legirlovchi elementlar bilan qotishmasi – maxsus turdagi bronza bo‘lib, ular melxior, neyzilber, kunial, kopel va b. nomlar bilan ataladi. Ularni markalash prinsipi jezlar va oddiy bronzalarniki kabi. Masalan, “MНЖMs 30–11” markali melxiorda 29...33% nikel va kobalt , 0,5...1,0% marganets, 0,5...1,0% temir bor, qolgani – mis. “МНSС 16–29–1,8” markali neyzilberda 15...16,7% nikel va kobalt, 1,6...2% qo‘rg‘oshin, 51...55% mis bor, qolgani rux. Suyuqlanish harorati – 1083 o C, zichligi – solishtirma og‘irligi g = 8,93 kg/sm 3 ga teng. Kristall panjarasi yoqlari markazlashgan kub. Mustahkamligi σ v = 240 MPa (24 kg/mm 2 ), nisbiy uzayishi δ = 50%, qattiqligi HV = 35. Yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, plastiklik, korroziyabar- doshlik qobiliyatlariga ega. 112 Kamchiliklari – past quymakorlik xususiyatlari, kesib yomon ish- lanishi, nisbatan puxtamasliliklarni har xil elementlar bilan legirlash orqali yo‘qotish mumkin. Misning fizikmexanik xossalariga qo‘shimchalar yetarli ta’sir qiladi. Shu nuqtayi nazardan qo‘shimchalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Bosim bilan ishlashda (sovuq va issiq holda) puxtalikni pasay tiruvchilar elementlar: O 2 , Pb, S, Se, Fe, Sb, Bi. 2. Qirqib ishlashni osonlashtiruvchilar: Se, Pe, Te, Si. 3. Issiq va elektr o‘tkazuvchanlikni pasaytiruvchi elementlar: Pb, As, Sb, Fe, Al, P. 4. Korroziyabardoshlikni kamaytiruvchilar: O 2 , Fe. 5. Korroziyabardoshlikni oshiruvchi elementlar: Be, Al. 6. Mis puxtaligini oshiruvchi elementlar: Fe, P. Quyidagi markali mis chiqariladi: katodli – MV4 k ; MOO k ; MO ku ; MO k ; M1 k ; kislorodsiz – MOO b ; MO b ; M1 b ; katodli qayta eritilgan – M1 u ; qaytarilgan M1 r ; M2 r ; M3 r ; M3. Qo‘shimchalarning miqdoriga qarab: MOO (99,99% Cu), MO (99,95% Cu), M1 (99,9% Cu); M2 (99,7% Cu); M3 (99,5% Cu). Mis qotishmalari kimyoviy tarkibiga qarab: Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling