Materialshunoslik indd
-rasm. Aluminning elektr- va issiq o‘tkazuvchanligiga
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
8.2-rasm. Aluminning elektr- va issiq o‘tkazuvchanligiga
begona jinslarning (a) va qo‘shilmalarning (b) ta’siri; (sidirg‘a chiziqlar – elektr o‘tkazuvchanlik σ, punktir chiziqlar – issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti. Alumin qotishmalari mashinasozlikda keng qo‘llanadi. Aluminni legirlash uchun, asosan, mis, magniy, kremniy, marganets, nikel, titan, berilliy, qalay qo‘llanadi. Legirlovchi elementlarning ak- sari alumin bilan qattiq eritmalar va intermetall fazalar hosil qiladi: CuAl 2 , Al 2 CuMg, Al 3 Mg va b. Alumin qotishmalari tayyorlash texnologiyasi, termik ishlovdan keyin mustahkamlanish darajasi va ekspluatatsiya xususiyatlari bilan tafsiflanadi. Alumin qotishmalarini mustahkamlash uchun 415...505 0 C (Д1, Д18) yoki 490...500 0 C (Д16) haroratlarda toblab, sovuq suvda so- vitiladi. Shundan so‘ng, eskirtiriladi, natijada, korroziya bardoshliligi oshadi. Tabiiy (bir necha sutka davomida) yoki sun’iy (10...24 soat) eskirtirish natijasida o‘ta to‘yingan Al-Cu va Al-Cu-Mg qattiq erit- malar parchalanishi natijasida qotishmaning mustahkamligi ortadi. Korroziyaga bardoshliligini oshirish uchun alumin qotishmalardan tayyorlangan buyumlar sirti plakirlanadi, ya’ni texnik aluminiy bilan qoplanadi yoki anodli qutblanish ishlovi berib qoplanadi. m/m m/m b 108 Duraluminlar aviatsiyada keng qo‘llanadi. Д1 qotishmasidan parraklar, Д16 dan – fyuzelyajlarning elementlari, Д18 dan – parchin- mixlash elementlari tayyorlanadi. Mustahkamligi yuqori alumin qotishmalarga Al-Zn-Mg-Cu sistemasidagi В95, В96, В96S markalar kiradi. Legirlovchi element sifatida marganets va xrom ishlatiladi; ular qotishmaning korroziya bardoshligini va eskirish samarasini oshiradi. Bunday qotishmalar ning mustahkamlik xususiyatini kerakli darajaga yetkazish uchun (σ=600…700 MPa) 460...480 0 C da toblab, keyin, 120...140 0 C da sun’iy eskirtiriladi. Bu qotishmalarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari duraluminnikidan yuqori, biroq plastiklik jihati kamroq, kuchla nishni to‘plovchi shakllarga va kuchlanish ostida korroziya muhiti ta’siriga sezgir. Buyumning korroziyabardoshligini oshirish uchun, sirti Al+1%Zn qotishmasi bilan plakirlanadi. Bu qotishmadan, avia- sozlikda, 120 0 C gacha haroratlarda ishlatiladigan, yuklama ostida bo‘ladigan konstruksiyalar tayyorlanadi. 300 0 C gacha haroratlarda ishlatiladigan buyumlar katta haroratlar- ga mustahkam AK4, AK4–1 qotishmalaridan tayyorlanadi. Ularning kimyoviy tarkibi murakkab, temir, nikel, mis va CuAl 2 , CuMgAl 2 , Al 2 Mn 2 Cu va b. fazalarni mustahkamlovchi elementlar bilan legir- lanadi. Diffuziya jarayonlarini sekinlatuvchi mis, marganets, titan bilan legirlash qotishmaga katta haroratlarda ham mustahkamligini yo‘qotmaydigan xususiyat beradi. Bunday qotishmalardan dvigatel- larning porshenlari, porshen kallaklari, kompressorlarning parraklari tayyorlanadi va toblab, sun’iy eskirtiriladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling