deformatsiyalanadigan aluminiy qotishmalari. Defor-
matsiyalanadigan aluminiy qotishmalari ikki guruhga bo‘linadi: a)
termik ishlash natijasida puxtalanadigan; b) puxtalanmaydigan.
Termik ishlash natijasida puxtalanadigan Al qotishmalari: 1) o‘r
tacha puxtalikdagi, 2) yuqori puxtalikdagi, 3) o‘tga bardosh, 4) bol
g‘alanuvchi va shtamplanuvchi qotishmalarga bo‘linadi.
duralumin – bu o‘rtacha puxtalikdagi qotishma, D harfi bilan
belgilanadi. Tizimi – AlCuMg. Masalan: D1; D16; D18 qo‘shilgan
Mg korroziya bardoshligini oshiradi, qayta kristallanish haroratini
ko‘taradi, mexanik xossalarini yaxshilaydi.
Toblash: qizdirish 415–505
o
C (D1, D18) yoki 490–500
o
C (D16)
da olib boriladi, so‘ng suvda sovutiladi. So‘ng tabiiy va sun’iy chi-
niqtiriladi.
Korroziya bardoshligini oshirish uchun sirtqi yuzasi texnikaviy
aluminiy bilan qoplanadi.
Yuqori puxtalikdagi qotishmalarga В95, В96 kiradi. Tizimi –
AlZnMgCu. Legirlovchi elementlarMg, Cr. Korroziya bardoshligi
ni va chiniqish samaradorligini oshiradi. Toblash 460–480
o
C, sun’iy
chiniqtirish (t=120–140
o
C)da olib boriladi.
O‘tga bardosh qotishmalarga AK4, AK4–1 kiradi. Bunga le-
girlovchi elementlar – Fe, Ni, Cu qo‘shiladi, ular puxtalovchi fazalar
CuAl
2
, CuMgAl
2
, Al
12
Mn
2
Cu hosil qiladi.
Bolg‘alash va shtamplash usuli bilan ishlov beriladigan qotish-
malar (AK6, AK8) yaxshi plastiklikka ega. Ular bosim ostida ishla
ganda darzlar hosil bo‘lmaydi. Bunday qotishmalar AlCuMg turku-
miga kiradi. Shtamplash va bolg‘alash 450–475
o
C da olib boriladi:
toblanadi, chiniqtiriladi.
Termik ishlash natijasida puxtalanmaydigan deformatsiyalana-
digan aluminiy qotishmalariga AlMn AlMg kiradi: AMs; AMg2;
AMg3 …5, 6. Bular yuqori plastiklikka, korroziyabardoshlikka ega;
yaxshi payvandlanadi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |