Materialshunoslik indd
Radiatsiyaga chidamli (bardoshli) materiallar
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
7.5. Radiatsiyaga chidamli (bardoshli) materiallar
Nur ta’sirida materiallarda struktura o‘zgarishlari bo‘ladi va mate- rial xossalarini (ayniqsa ishlatish vaqtida) nomaqul o‘zgarishlarga olib keladi. Eng ko‘proq ta’sir qiladigani neytron nurlaridir. Radiatsiyaga chidamlilik (bardoshlik) bu–material struktura va xossalarini nurla nish sharoitida turg‘unligidir. Nurlanish ta’sirida hosil bo‘lgan struk- tura o‘zgarishlari mexanik xossalarga va korrozion turg‘unlikka ta’sir qiladi. Nurlanish nuqtaviy va chiziqli nuqsonlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Nurlanayotgan material atomlari o‘z o‘rnilaridan surilib, tu- gunlar orasiga joylashib vakansiya nuqsonini ham hosil qiladilar. Bitta zarracha keltirib chiqargan vakansiyalar soni uni ko‘rinishiga va energiyasiga bog‘liq va yana nurlanayotgan material xossalariga bog‘liq. Ba’zi materiallarda yadro reaksiyalari o‘tib gazsimon mahsulot ajraladi. Nurlanishni rekristallanish haroratidan pastda olib borilsa, bunga past haroratli nurlanish deyiladi. Bunda struktura o‘zgarishlari va metall hamda qotishmalarning mexanik xossalari, xuddi sovuq de- formatsiya natijalariga o‘xshaydi: ya’ni material puxtalanadi, lekin plastikligini yo‘qotmaydi. Uglerodli po‘latlar 20 0 C da neytron nur- lari oqimi φ=2×10 23 m -2 bo‘lsa eng katta mustahkamlikka ega bo‘ladi. Agar φ=3×10 23 m -2 bo‘lsa, po‘lat eng yuqori puxtalanadi (7.2rasm ). Yuqori haroratli nurlanishda-rekristallanish haroratidan yuqori haroratda radiatsion normallash jarayoni o‘tadi: materialni struk- turalari va mexanik xossalari tiklanadi. Perlitli po‘latlarni 250– 450ºCda nurlatganda xossalari kam o‘zgaradi, 450ºCdan yuqorida amalda o‘zgarmaydi. Austenitli po‘latlar 600ºCda turg‘un. Aluminiy va magniyni rekristallanish harorati past. Ular 150ºCdan yuqorida ra- diatsiyaga bardoshli, aluminiy plastikligi o‘zgarmaydi, mustahkam- ligi hatto ortadi ham (7.3rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling