Materialshunoslik indd
dielektrikning mexanik xossalari
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.8-rasm. Cho‘zilishdagi mustahkamlikni deformatsiyaga bog‘liqligi.
dielektrikning mexanik xossalari. Izolatsiya materiallari-
dan ishlab chiqarilgan konstruksiyalar mexanik kuch ta’siri ostida bo‘lishi sababli ularning mexanik mustahkamligi va deformatsiyasini o‘rganish katta ahamiyatga ega (10.7rasm). 17 T.K. Basak. Electrical engineering materials.New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009.51-bet 171 a) b) 10.7-rasm. Materiallarning mexanik xossalari. Statik cho‘zilish, siqilish va egilishning oddiy ko‘rinishlari amaliy mexani kaning asosiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi va bundagi mustah- kamlik chegaralarning qiymatlari (s ch ,s c , s e , SI da Paskalda o‘lchanadi (1 PA=1 N/m 2 =10 –5 kgs/sm 2 ). Cho‘zilishdagi mustahkamlik yupqa varaq va tasma shaklidagi dielektriklarga xos bo‘lib, bu materiallar o‘tkazgich yuzasiga, masalan, kabel o‘zagiga qoplana yotganda hi- sobga olinadi: s ch =R ch /F Pa, bunda, P ch – dielektrikning uzilish lahzasidagi ta’sir kuchi, kg; F– dielektrikning ko‘ndalang kesim yuzasi, m 2 . Uzish mashinasida ma- terialning yemirilishga bo‘lgan mustahkamligi (P ch ) ning cho‘zilishi % 100 ⋅ ∆ = l l i ham aniqlanadi. 10.8-rasm. Cho‘zilishdagi mustahkamlikni deformatsiyaga bog‘liqligi. 172 Nisbiy cho‘zilishning kichik qiymatlari mo‘rt va qattiq jismlar (chinni, shisha, getinaks) uchun tegishli bo‘lib, qayishqoq materiallar (rezina, elastomer) da esa i ko‘rsatkichi nisbatan katta qiymatlarga bo‘ladi (10.8-rasm). Chunki qayishqoq materialning mexanik mus- tahkamligi kichik qiymatlarga ega. Ba’zi plastik materiallarda i qiy- mati qattiq va qayishqoq materiallarning xarakteristikalari oralig‘ida bo‘ladi. Materialning mexanik mustahkamligi maxsus tayyorlangan namunalar yordamida aniqlanadi. Materialdan tayyorlanadigan na- munalarning shakli ularga qo‘yiladigan kuch yo‘nalishini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Masalan, dielektrikning cho‘zilish (a), siqilish (b) va egilish (v) ga bo‘lgan mustahkamligini aniqlash uchun tayyorlangan namunalarning shakllari keltirilgan. Materiallarning siqilishga bo‘lgan vaqtincha qarshiligi s c yuqorida keltirilgan ifodaga o‘xshash bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi: F P s s = σ Pa. Tajribaga asosan, metallarda σ ch = σ s bo‘lgani sababli ularda siqi- lishdagi kuchlanishni aniqlash shart emas. Dielektriklarda esa σ ch ≠ ¹σ s bo‘lgani sababli, mexanik mustahkamlik ikkala yo‘nalishda alohida- alohida aniqlanadi. Tolali va qatlamli dielektriklarni sinash uc- hun namunalar tayyorlashda ulardagi tola yo‘nalishi e’tiborga oli- nadi. Ko‘pchilik dielektriklarning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligidan ancha yuqoriligi (σ ch << σ s ) sababli ularni, asosan, siqilish yo‘nalishi bo‘yicha ishlatish maqsadga muvofiqdir. Jismning egilishdagi zo‘riqishi eguvchi moment (M) ning qarshi- lik momenti (W) ga nisbati orqali aniqlanadi: σ e = W M . Aksariyat materiallarning mexanik mustahkamligi ularning kesim yuzasiga uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Dielektrikning mexanik xos- sasi haroratga ham bog‘liq bo‘lib, issiqlik ta’sirida uning mexanik mustahkamligi kamayadi. Gigroskopik materiallarda namlik orta bor- gan sari ularning mexanik mustahkamligi pasayib boradi. 173 Mo‘rtlik plastik deformatsiyasiz yemirilish turiga kirib, u material strukturasi va tekshirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Materialga ta’sir ettiriladigan kuchlanish tezligi oshirib borilib, uning harorati keskin kamaytirilsa, jismning mo‘rtlikka bo‘lgan mexanik mustahkamligi kamayadi. Ko‘pgina materiallar katta statik yemirilish kuchlanishi- ga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, mo‘rtligi sababli, ularning dinamik yemirilish kuchlanishi kichik bo‘ladi. Materiallarning dinamik kuch- lanishini aniqlaydigan usul – bu urilish egiluvchanligi yoki urilish qo- vushqoqligidir. Jismning urilish qovushqoqligi s q uni sindirishga sarf etiladigan quvvatning (A) shu jism kesim yuzasiga (F) bo‘lgan nis- bati (s q = F A . J/m 2 ) orqali aniqlanadi. Bu qiymat polietilenda 100 kJ/m 2 bo‘lgan holda, sopol va mikaleksda boryo‘g‘i 2–5 kJ/m 2 ga tengdir. 18 Suyuq dielektriklarga (moy, lok, kompaund) ning mexanik xossa larini o‘rganishda qovushqoqlik qo‘l keladi. Qo‘vushqoqlik deganda suyuqlik va gaz molekulalarining siljishdagi ichki ishqalanishi tufayli yuzaga keladigan ichki qarshilik tushuniladi. U h bilan belgilanib, dinamik qovushqoqlik (ichki ishqalashish) deyiladi va 1 Pа×s = 10P = 1000 sP (Pauz)da o‘lchanadi (10.9rasm). Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling