Materialshunoslik indd


-rasm. Migratsion qutblanish


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

10.5-rasm. Migratsion qutblanish.
O‘z-o‘zidan (spontan) qutblanish(C
o‘ 
, q
0’ 
, r
0’
 ) segnetoelektriklarga 
xos bo‘lib, birinchi bor u segnet tuzi (KC
4
H
4
O
6
4H
2
O) da kuzatiladi. 
Tashqi maydon bo‘lmaganda segnetoelektrikning ma’lum qismida di-
pollar o‘z­o‘zidan bir­biriga nisbatan moslashib, aniq yo‘nalish oladi. 
O‘z­o‘zidan qutblanuvchi moddalarning alohida sohalarida (domen-
larida) elektr momenti yo‘nalishi turlicha bo‘ladi. Tashqi maydon 
ta’sirida domenlarning elektr momenti maydon tomon yo‘naladi 
va shu sababli kuchli qutblanish sodir bo‘ladi. Segnetoelektrikning 
dielektrik singdiruvchanligi juda ham yuqori (500–20000) bo‘lib, 
u maydon kuchlanganligi va haroratga uzviy ravishda bog‘liqdir. 
Dielektrik gisterezis segnetoelektrikning xarakterli xususiyatlaridan 
biridir. Kyuri nuqtasi bilan bog‘liq harorat qiymatlarida domenli qutb-
lanish kuzatiladi va u elektr maydoni kuchlanganligida nochiziqli 
bog‘lanishga ega bo‘ladi. Tashqi maydon kuchlanganligining ma’lum 
qiymatidan boshlab to‘yinish ro‘y berib, qutblanish o‘zgarmay qo-
ladi, aksincha, maydon ta’siri pasaytirilganda va u ordinata o‘qini 
kesib, nolga teng bo‘lganda jism qutblanishi ma’lum qiymatgacha pa-
16
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 
7th ed.p.cm/ ­ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.­ 
2007. 51­bet.


170
sayadi. Shuning uchun ham o‘z­o‘zidan qutblanish jarayonida dielek­
trikning singdiruvchanligi elektr maydon kuchlanganligiga bog‘liq 
bo‘ladi (10.6­rasm).
a) b)
10.6-rasm O‘z-o‘zidan (spontan) qutblanish.
Dielektrik singdiruvchanlikning haroratga bog‘liqligida kuzati-
ladigan yuqori qiymat Kyuri harorati yoki Kyuri nuqtasi deyiladi.
Ana shu maqbul haroratda yuqori singdiruvchanlikka erishiladi
bunda jismda struktura o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bu nuqtadan yuqo-
ri haroratda material o‘zining segnetoelektriklik xususiyatini, ya’ni 
e
r
qiymatining elektr yoki magnit maydoniga bo‘lgan bog‘liqligini 
domenlar to‘plamining joyi o‘zgarishi hisobiga segnetoelektriklarda 
elektr eskirishi kuzatiladi va e

qiymatining keskin o‘zgarishi Kyuri 
haroratida sodir bo‘ladi. Agar segnetoelektrik Kyuri nuqtasigacha 
qizitilib, so‘ngra keskin sovitilsa, uning dielektrik singdiruvchanligi 
o‘zining asl qiymatiga qaytadi. Dielektrik singdiruvchanlikni tiklash, 
segnetoelektrikka yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sir ettirilib, 
amalga oshiriladi.
17

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling