Materialshunoslik indd
Portland sement asosidagi beton
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
Portland sement asosidagi beton portland sement asosida-
gi betonni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida–sementni o‘zi, 236 to‘ldirgichlardan mayda dispersli fraksiya (qum) va yirik dispersli fraksiya (shag‘al). Portland sementni mustahkamligini ortishiga va qotishga olib keladigan jarayonlar bo‘limda qisqacha ko‘rib chiqilgan. Qattiq zarralar to‘ldirgich rolini bajaradi, chunki juda arzon bo‘lib materialni umumiy narxini pasaytiradi, sement esa nisbatan qimmat- dir. Beton aralashmasini optimal mustahkamligi va ishlov berishga qulayligini mujassamlash uchun tashkil etuvchilarni (ingradiyentlar) nisbatini juda qat’iyan bajarish zarur. Qattiq zarralarni zich joylashti- rish va yaxshi fazalararo kontakt aralashmada ikki xil o‘lchamli qattiq zarralarni qo‘llanilishini ta’minlaydi; shu bilan birga qumning mayda dispers zarralari yirik shag‘al orasidagi bo‘shliqni to‘ldirishi kerak. Odatda to‘ldirgichlar miqdori hajmning 60–80% ni tashkil etadi. Suvsement pastasining miqdori barcha qum va shag‘alning qat- tiq zarralarini qoplash uchun yetarli bo‘lishi zarur. Aks holda sement hosil qiladigan bog‘lanishlar yetarli bo‘lmaydi. Beton aralashma- sini tayyorlashda barcha tashkil etuvchi komponentlar sinchiklab aralashtirilishi zarur. Sement va agregatlarni qattiq zarralarini to‘liq bog‘lanishi suv miqdorini to‘g‘ri qo‘shilishida. Agar suv kam bo‘lsa bog‘lanish to‘liq bo‘lmaydi. Agar suv ortiqcha bo‘lsa g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Bu hollarda mahsulot mustahkamligi optimal qiymatdan past bo‘ladi. Agregatlanuvchi zarralarni xarakteri muhim mohiyatga ega. Zarralarni o‘lchami bo‘yicha taqsimlanishi ayniqsa muhimdir, chunki sement pastani tayyorlashda zarur bo‘lgan suv miqdoriga ta’sir etadi. Mustahkam bog‘lanishni hosil bo‘lishiga to‘siq bo‘ladigan zarralar yuzasida loy va ifloslar bo‘lishi kerak emas, ular toza bo‘lishi kerak. Portland sement – bu qurilishda qo‘llaniladigan asosiy material, chunki uni joylarda qoliplarga quyish va keyin xona haroratida qoti- rish mumkin, agar to‘liq suv ostida bo‘lsa ham. Lekin konstruksion material sifatida qo‘llanilishda ma’lum cheklash va kamchiliklarga ega. Ko‘pchilik keramikadan tayyorlangan materiallar kabi port- land sementdan tayyorlangan beton, nisbatan mustahkam emas va mo‘rt. Uning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan 10–15 barobar kam. Undan tashqari betondan shakllantiril- gan yirik strukturalar harorat o‘zgarishiga juda sezgir. Va nihoyat suv, 237 g‘ovaklarga kirib past haroratlarda darzlar hosil qiladi va ayniqsa yax- lasherish sikllarida. Betonni mustahkamlashda turli qo‘shimchalardan foydalanib, aytib o‘tilgan kamchiliklarni ko‘pini bartaraf etish yoki deyarli ahamiyatsiz qilish mumkin. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling