12.1-rasm. Turli faktorlarni sxematik ko‘rsatish – kompozit- ning xossalariga ta’sir etuvchi dispers faza zarrachalarining geometriyasi va fazoviy joylashishi: a – konsentratsiyasi; b – o‘lchamlari; d –shakli; e – orientatsiyasi. Strukturali kompozitlarda kompozitsion va gomogen materiallar
mujassamlangan.
Bu bobda kompozitlarni muhokamasi keltirilgan klassifikatsiyaga
monand olib boriladi.
dispers to‘ldirgichli kompozitlarni ikkita sinfi bor – dispers
fazasi yirik zarralardan hosil bo‘lgan kompozitlar va matritsada tar-
qalgan (joylashgan) mayda dispersli to‘ldirgichli kompozitlar. Ular
orasidagi farq armaturalash yoki kuchaytirish mexanizmida. “Yirik
zarra” termini matritsa va dispers faza o‘rtasida atomlar yoki mole-
kulalar darajasida o‘zaro bog‘lanish bo‘lmasligini anglatadi, demak,
bunday sistemaga yaxlit muhit mexanikasiga qarab yondashiladi.
Ko‘rilayotgan turdagi kompozitlarning ko‘pida dispers fazaning zar-
ralari matritsaga nisbatan qattiqroq va bikirliroq. Bunday zarralarni
mavjudligi matritsa materialini zarralar atrofida ko‘chishini chega-
ralaydi. Mazmunan, bu yerda ta’sir etuvchi kuchlanishlarni qayta
taqsimlanish o‘rni bor, ya’ni ular qisman dispers fazaning zarralariga
o‘tadi va u yuklamani bir qismini ko‘taradi.
(a) (b) (d) (e) (f)
234
Ko‘rilayotgan holda kuchaytirsh darajasi yoki materialning mexa
nik xossalarini oshirish matritsato‘ldirgich chegarasidagi bog‘lanish
darajasiga bog‘liq.
Matritsada taqsimlangan mayda dispers to‘ldirgichning o‘lchamlari
juda kichik: ularni diametri 0,01 dan 0,1 mkm (10–100nm) diapa-
zonida. Bu holda dispers faza va matritsani o‘zaro ta’siri atom yoki
molekulalar darajasida bo‘ladi.