Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi Bolg’alash sexi
Pokovka zagotovkaning massasini aniqlash
Download 189.2 Kb.
|
Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi Bolg’alash sexi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Bolg‘alash uskunalari
3. Pokovka zagotovkaning massasini aniqlashZagotovkaning massasini aniqlash uchun pokovkaning hajmi uning nominal o‘lchamlari asosida hisoblab chiqiladi va topilgan hajmga bolg‘alash vaqtida chiqadigan chiqindilar hajmi (quymaning pribil va tag qismi chiqindilari, kesindi qismi, teshiklar o‘rni chiqindilari va boshqalar) qo‘shiladi. Chiqindilarning taxminiy miqdori maxsus jadvallardan olinadi (bu jadvallarda chiqindi miqdori pokovkaning og‘irligiga nisbatan % hisobida beriladi). Keyin ular zagotovka solishtirma og‘irligiga ko‘paytiriladi. Zagotovka massasini tubandagi formula bo‘yicha ifodalash mumkin: Gzm = Gpk + Gpr + Gtk + Gkuy + Gks kg, Bu yerda: Gpk – pokovka massasi, kg; Gpr – quymaning pribil qismidagi chiqindi massasi, kg; Gtk– quymani tag qismidagi chiqindi, kg; Gkuy – kuyindi, kg; Gks – kesindilar, kg. Odatda, Gpk ning qiymati quyma massasining 20% icha; Gtk – 5% atrofida, Gkuy – 2-3%; Gks – texnologik jarayoniga, pokovka murakkabligiga ko‘ra 10-25% belgilanadi. 4. Bolg‘alash uskunalariTemirchilik sexlaridagi bolg‘alash uskunalarini asosiy va yordamchi uskunalarga bo‘lish mumkin. Asosiy uskunalarga bolg‘alar va presslar, yordamchi uskunalarga qaychilar, qizdirgich pechlar, zagotovkani bolg‘alashga uzatuvchi kranlar, kontovatellar, manipulatorlar va boshqalar kiradi. Asosiy temirchilik uskunalarini tubandagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra ajratiladi: ish tezliklariga ko‘ra bolg‘alarga (υish = 7-8 m/sek) va presslarga (υish = 0,1-0,3 m/sek); energiya xiliga ko‘ra: bug‘ va elektr yuritmali (pnevmatik, ressorli va richagli) bolg‘alarga ajratiladi. Bug‘ bolg‘alari osongina siqilgan havoda ishlay oladi, shuning uchun ko‘pincha bug‘-havoda ishlovchi bolg‘alar deb ham yuritiladi; d) bug‘ yoki siqilgan havoning bolg‘a porsheniga ta’siriga ko‘ra bir yoqlama va ikki yoqlama ishlaydigan bolg‘alarga bo‘linadi. Bir yoqlama ishlaydigan bolg‘alarda bug‘ yoki siqilgan havo tushuvchi qismlarni faqat yuqoriga ko‘tarib beradi, ikki yoqlama ishlaydiganlar esa tushuvchi qismlarini ko‘taradi, ham tushuvchi qismlar og‘irligiga qo‘shimcha ravishda bosim beradi. 3-rasm. Ikki stoykali bug‘-havo bolg‘asining sxemasi: 1 – silindr; 2 – stoyka; 3 – shtok; 4 – baba; 5 – pona; 6 va 7 – boyok; 8 – shabot; 9 – pona; 10 – zolotnik qutisi; 11 – shpindel; 12 – tortqi; 13 – maxsus qurilma; 14 va 15 – dastalar; 16 – plita; 17 – brus; 18 va 19 – poydevor. e) staninasining konstruksiyasiga ko‘ra bug‘-havo bolg‘alari bir stoykali va ikki stoykali bo‘ladi. Bir stoykali bolg‘alarning tushuvchi qismlari massalari 0,25 dan 1 t gacha bo‘lib, kichkina pokovkalar, ikki stoykali bolg‘alarning tushuvchi qismlari massalari 1 t dan 8 t gacha bo‘lib, yirik pokovkalarni olishga mo‘ljallangan. 3-rasmda ikki stoykali bug‘-havo bolg‘asining tuzilishi sxematik tarzda keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, bolg‘aning asosiy qismi staninaning stoykalari (2) ga o‘rnatilgan silindr (1) hisoblanadi. 4-rasm. Pnevmatik bolg‘a: a – umumiy ko‘rinishi; b – ishlash sxemasi; 1 – pedal; 2 – shabot; 3 – yostiqcha; 4 – pastki bayok; 5 – ustki bayok; 6 va 7 – havo taqsimlovchi mexanizm; 8 – ish silindri; 9 – kompressor silindri; 10 – reduktor; 11 – elektr dvigatel; 12 – ish silindri; 13 – kompressor porsheni; 14 – krivoship-shatunli mexanizm; 15 – baba. Silindr porsheniga shtok (3) ulangan, shtokning pastki uchiga esa baba 4 mahkamlangan. Shtokning ishlash sharoiti juda og‘ir, shuning uchun ba’zan, uning ishlash muddati 500 soatdan ortmaydi. Bunga, ko‘pincha noto‘g‘ri ekssentrik zarblar sabab bo‘ladi. Baba staninaning yo‘naltiruvchilari b ylab harakatlanadi.Ustki boyok (6) babaga pona (5) yordamida mahkamlaydi. Xuddi shunday pona (9) pastki boyok (7) ni shabot (8) ning yostig‘iga mahkamlaydi. Bolg‘a betonli poydevorga o‘rnatiladi.Plita (16) bilan poydevor (19) orasiga, shuningdek, shabot (8) bilan uning poydevori (18) orasiga zarbni yumshatish uchun qalinligi - 200 mm li yog‘och (yaxshisi dub) bruslar qo‘yiladi.Stoykalar poydevorga anker boltlari yordamida mahkamlanadi. Bolg‘ani pastki muhrasining yuzasi poldan 740–750 mm balandlikda bo‘ladigan qilib o‘rnatiladi. Bolg‘aning o‘ng tomonda qo‘l bilan boshqarish mexanizmi joylashgan.Bu mexanizm orqali boshqariladi. 4-rasmda pnevmatik bolg‘aning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. 5-rasm.Bug‘-gidravlik pressning sxemasi: 1 – plita; 2 – kolonna; 3 va 4 – bayok; 5 – traversa; 6 – plunjer; 7 va 8 – silindr; 9 – truboprovod; 10 – klapan; 11 – kichik silindr; 12 – shtok; 13 – bug‘ silindri; 14 – porshen; 15 – rezervuar; 16 – dasta. Bolg‘aning ish silindrida baba porsheni yuradi va u shatun orqali krivoshipdan harakatga keltiriladi. Silindr (9) kompressor vazifasini bajaradi. Kompressor silindri bilan ish silindri yuqorigi va pastki kanallar vositasida o‘zaro tutashtiriladi, bu kanallar havo taqsimlovchi 6 va 7 mexanizmlar vositasida rostlanadi. Kompressor porsheni pastga tomon harakatlanganda ish silindr porsheni yuqorigi va pastki bo‘shliqlaridagi havo bosimlarining o‘zgarishlari natijasida pastga tushadi. Zarblar soni krivoshipning aylanishlar soniga teng, ya’ni o‘zgarmas bo‘ladi. Bu bolg‘alarning pastga tushuvchi detallar massasi 1–8 bo‘lib ularda massasi asosan 20–350 kg. gacha bo‘lgan pokovkalar olinadi. Download 189.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling