Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi


Download 13.45 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi13.45 Kb.
#130787
Bog'liq
Nazorat ishi


1- NAZORAT ISHI

Mavzu: “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”da nimalar o‘rganiladi? – Gidrosfera, uning tarkibiy qismlari

Nazorat shakli: Geografik diktant
1. Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga _____________________deb aytiladi.

2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU geologiya va geografiya fakultetida 1984-yilda H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan ___________________o‘rnatilgan.

3. Qadimgi yunon olimi __________________________________ning geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin.

4. Atmosferaning quyi qatlami — troposfera, litosferaning ustki g‘ovak qatlami, gidrosfera va biosferalarni o‘z ichiga olgan hamda o‘zaro ta’sir etib turadigan yaxlit qobiq ____________________________________________________deb ataladi.

5. _____________________________________ - Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi.

6. ____________________________________ - 570 mln yil muqaddam boshlangan.

7. _________________________________ inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi.

8. Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi __________________________________ deb ataladi.

9. Quruqlikda ekvatordan qutbiy kengliklar tomon tabiat komplekslarining birin-ketin almashinishiga _______________________________deb ataladi.

10. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi chegarani 1914-yilda yevropalik olim ____________________________aniqlagan.

11. ________________________Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi.

12.Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari ___________________ mintaqalar deyiladi.

13. __________________________ (yunoncha, ko‘tarilaman) Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakllaridir.

14. Dengiz sathidan 200 m balandlikkacha bo‘lgan tekisliklar ________________________________deyiladi.



15. ________________________ - (yunoncha, siljiydigan, harakatlanadigan) gipotezasini 1912-yilda nemis geologi A.Vegener ishlab chiqqan.
Download 13.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling