Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
Download 13.45 Kb.
|
Nazorat ishi
1- NAZORAT ISHI Mavzu: “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”da nimalar o‘rganiladi? – Gidrosfera, uning tarkibiy qismlari Nazorat shakli: Geografik diktant 1. Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga _____________________deb aytiladi. 2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU geologiya va geografiya fakultetida 1984-yilda H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan ___________________o‘rnatilgan. 3. Qadimgi yunon olimi __________________________________ning geografik xaritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. 4. Atmosferaning quyi qatlami — troposfera, litosferaning ustki g‘ovak qatlami, gidrosfera va biosferalarni o‘z ichiga olgan hamda o‘zaro ta’sir etib turadigan yaxlit qobiq ____________________________________________________deb ataladi. 5. _____________________________________ - Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi. 6. ____________________________________ - 570 mln yil muqaddam boshlangan. 7. _________________________________ inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. 8. Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi __________________________________ deb ataladi. 9. Quruqlikda ekvatordan qutbiy kengliklar tomon tabiat komplekslarining birin-ketin almashinishiga _______________________________deb ataladi. 10. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi chegarani 1914-yilda yevropalik olim ____________________________aniqlagan. 11. ________________________Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi. 12.Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari ___________________ mintaqalar deyiladi. 13. __________________________ (yunoncha, ko‘tarilaman) Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakllaridir. 14. Dengiz sathidan 200 m balandlikkacha bo‘lgan tekisliklar ________________________________deyiladi. 15. ________________________ - (yunoncha, siljiydigan, harakatlanadigan) gipotezasini 1912-yilda nemis geologi A.Vegener ishlab chiqqan. Download 13.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling