Parametrga bog’liq bo’lgan integrallar. Parametr uchun cheklashlar.
Agar biror parametrga bog’liq integralni hisoblash tala etilgan bo’lsa, u holda uning qiymati shu parametrning ishorasiga yoki biror - bir cheklashlarga bog’liq bo’ladi. Misol tariqasida quyidagi integralni qaraymiz. Matematik tahlildan ma’lumki, bu integral a>0 da yaqinlashuvchi va a<0 da uzoqlashuvchi bo’ladi. Agar integralni birdan hisoblasak, u holda quyidagi hosil bo’ladi:
> Int(exp(-a*x), x=0..+infinity)=int(exp(-a*x), x=0..+infinity);
.
Bunday usul bilan parametrli integralni hisoblab bo’lmaydi. Hisoblashning aniq analitik natijasiga ega bo’lish uchun parametrning qiymati haqida biror bir mulohaza bildirish kerak bo’ladi, ya’ni unga ba’zi bir cheklashlar qo’yiladi. Bu assume(f1) buyrug’i orqali amalga oshiriladi, bu yerda f1 – tengsizlik. Qo’shimcha cheklashlar additionally(f2) buyrug’i yordamida kiritiladi, bu yerda f2 – parametr qiymatini boshqa tomondan cheklaydigan boshqa bir tengsizlik.
Cheklashlar o’rnatilgan keyin parametr nomidan so’ng (~) belgi paydo bo’ladi.
a parametrga qo’yilgan cheklashlarni about(a) buyrug’i orqali aniqlashtirish mumkin. Masalan: a parametrga quyidagi cheklashlarni qo’ying a>-1, a£ 3:
> assume(a>-1); additionally(a<=3);
> about(a);
Originally a, renamed a~:
is assumed to be: RealRange(Open(-1),3)
Parametrli integral ni hisoblashga qaytamiz:
> assume(a>0);
> Int(exp(-a*x),x=0..+infinity)=int(exp(-a*x),x=0..+infinity);
Integrallashning asosiy metodlarini o’rganish.
Maple da matematikani o’rganish uchun student paketi mavjud. U hisoblashlarni qadamma-qadam bajarishga mo’ljallangan bir qancha qism dasturlar majmuasidan iborat bo’lib, natijaga olib keluvchi amallar ketma-ketligini tushunarli bo’lishligini ta’minlaydi. Bularga bo’laklab integrallash inparts va o’zgaruvchilarni almashtirish changevar buyruqlari kiradi..
Bo’laklab integrallash formulasi:
Agar integral osti funksiyasini f=u(x)v’(x) orqali belgilab olsak, u holda bo’laklab integrallash buyrug’ining parametrlari quyidagicha bo’ladi: intparts(Int(f, x), u), bu yerda u – hosilasi bo’laklab integrallash formulasi orqali hisoblanayotgan u(x) funksiyadir.
Agar integralda o’zgaruvchilarni almashtirish x=g(t) yoki t=h(x) talab etilgan bo’lsa, u holda o’zgaruvchilarni almashtirishbuyrug’i parametrlari quyidagicha bo’ladi: changevar(h(x)=t, Int(f, x), t), bu yerda t – yangi o’zgaruvchi.
intparts va changevar buyruqlarning ikkalasi ham integralni oxirigacha hisoblamaydi, faqatgina oraliq hisoblashlarni amalga oshiradi. Oxirgi natijasni olish uchun bu buyruqlar bajarilganidan keyin value(%) buyrug’ini yozish kerak, bu yerdaye % - oldingi satrni bildiradi.
Ushbu buyruqlardan foydalanishdan oldin student paketini with(student) buyrug’i orqali yuklash kerak bo’ladi..
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |