Mathcad dasturini ishga tushirish


-topshiriq Multisim dasturida elektron qurilmani modellashtirish


Download 151.72 Kb.
bet8/8
Sana03.12.2023
Hajmi151.72 Kb.
#1800974
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rayxon kurs ishi

3-topshiriq Multisim dasturida elektron qurilmani modellashtirish.
Kurs ishi topshirig’ining maqsadi: Multisim dasturida elektron sxemalarni simulyatsiya qilishni o’rganish. Dasturda elektron qurilmalarni modellashtirishni o‟rganish. Modellashtirishning asosiy qoidalari. Sxemalarni modellashtirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish kerak: 1) Har qanday sxema majburiy ravishda yerga ulashning kamida bitta simvoliga ega bo„lishi kerak. 2) Qurilmaning kontakti yoki o„tkazgichning har qanday ikki uchi nuqtada uchrashadigan bo’lsa, har doim ulangan hisoblanadi. Uchta va undan ko’p uchi ulanganida tugun ulanish simvolidan foydalanish kerak. 3) Sxemalarda kirish signalini ta’minlaydigan signal manbalari bo’lishi kerak (tok yoki kuchlanish) va bittadan kam bo’lmagan nazorat nuqtasiga ega bo’lishi kerak (o’zgarmas tok sxemalarining tahlilidan tashqari).
Sxemalar topologiyasi 1. Tok manbalari ketma-ket ulanmasligi kerak. 2. Qisqa tutashgan g’altaklar bo’lmasligi kerak . Multisim dasturida turli darajadagi elektron qurilmalar sxemalari quyidagi operatsiyalar yordamida yig’iladi:
– element va asboblarni kutubxonalardan tanlash;
–element va sxemalarni maydonning ixtiyoriy nuqtasiga ko'chirish;
–elementlar va elementlar guruhlarini 90 ga karrali burchaklarga burish;
– elementlar yoki elementlar guruhlarini, sxemalar fragmentlarini va to'liq sxemalarni ko'chirish, o'rniga qo'yish yoki o'chirish;
– simlar ranglarini o'zgartirish;
– sxemalar konturlarini qulaylik maqsadida rangli qilib tasvirlash; – bir vaqtining o'zida bir nechta o'lchov asboblarini ulash va monitor ekranida ularning ko'rsatishlarini kuzatish;
–elementlarni shartli belgilar bilan belgilash; –elementlar parametrlarini keng diapazonda o'zgartirish.
Hamma amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi, faqat klaviatura bilan boshqarishning iloji yo'q. Asboblarni sozlash bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin: – asboblar shkalalarini o'lchov diapazoniga mos ravishda o'zgartirish; – asbobning ish rejimini tanlash; – sxemaga kirish signallarining (doimiy va garmonik tok va kuchlanishlar, uchburchakli va to'g‟ri burchakli impulslar) turlarini o'zgartirish. 3-topshiriq. 12-rasmda ko’rsatilgan rostlanuvchi o’zgarmas tok taminot blokining elektron sxemasini Multisim dasturida modellashtish.

Download 151.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling