9
1.4. Dissertatsiyaning maqsad va vazifalari
Keyingi yillarda kompyuter texnalogiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq
holda dars mashg’ulotlarini tashkil etishning yangi usullari shakillanmoqda.
Ulardan keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar
yordamida amalda kuzatilishi qiyin bo’lgan fizik jarayonlarni
elektron darisliklar,
animatsiyalar,
virtual
tajribalar
va
taqdimotlar vositasida ko’rgazmali
tushuntirishdir.
Hozirgi vaqtda virtual laboratoriyalarni yaratish, ulardan yordamchi vosita
sifatida o’quv jarayonida foydalanish o’ziga xos samaraga egadir.
Virtual
laboratoriyalarni yaratish masofaviy ta`lim tizimini rivojlantirishda va yangi
axborot texnologiyalari vositalarini o’quv jarayonida qo’llashda o’z o’rnini
topmoqda.
Ushbu dissertatsiya ishda elektron sxemalar
tahlili va ularni zamonaviy
kompyuterlar yordamida modellash imkoniyatlari ko’rib chiqish va sxemotexnika
fanidan virtual laboratoriya ishlarini Multisim 11.0, Delphi 7
dasturlari va html
belgilash tilidan foydalangan holda tayyorlash vazifasi qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: