Matn lingvistikasi
Download 1.36 Mb.
|
MATNLINGVISTIKASI
2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif - deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko‘rinishi etakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi. YA’ni, tasvirlanayotgan ob’ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so‘z yuritiladi. Masalan:
Yakan degan o‘simlik bo‘ladi. Nima uchundir san’atkorlar, aniqrog‘i otarchilar pulni «yakan» deyishadi. Aslida esa yakan – qamishzorda o‘suvchi o‘simlik. Yakanni o‘rib olib, quritib uzum osadilar yoki savat qalpoq to‘qiydilar. Ma’lumki, qamish uzun, yakan esa, aksincha, pastak o‘simlik. Shunday bo‘libdiki, bir kuni yakan qamishga qarab: -O‘, birodar, hadeb g‘o‘ddayaverma, salgina egil. Ollohning quyoshi nuridan biz ham bahramand bo‘laylik,-debdi. Qamish unga qaragisi ham kelmabdi, javob ham bermay burnini jiyirib qo‘ya qolibdi. Vaqti-soati kelib avval qamishni, so‘ng yakanni o‘ribdilar. Tasodifni qarangki, o‘sha qamishdan yasalgan bo‘yrani bir uyga to‘shabdilar. Tasodifni qarangki, shu uy to‘sinlariga uzumlarni osibdilar, yakandan to‘qilgan savat qalpoqlarni esa devordagi qoziqlarga ilibdilar. Oradan kunlar o‘taveribdi. Qamish pastda, oyoq ostida, yakan esa tepada ekan. Oyoqosti bo‘laverib xorlangan qamish axiyri yakanga qarab zorlanibdi: -Meni o‘rib olib quritdilar, tepkilab qovurg‘alarimni sindirdilar, so‘ng suvga bo‘ktirdilar. So‘ng qayirib-bukib mana shu bo‘yra holiga keltirdilar. Endi esa tinimsiz, har kuni tepkilaydilar. Bu ham etmaganday sal qayirib, ostimga noslarini tupuradilar. Bu zorlanishni eshitib yakan debdikim: -Siz bekorga g‘o‘ddaydingiz. G‘o‘ddayib o‘saverdingiz. Ichingiz g‘ovak ekanini unutdingiz. G‘ovak bo‘lganingiz uchun ham tepkilashdan bo‘lak narsaga yaramadingiz. Hali ham kech emas, siz o‘sgan erda ildizingiz qolgan. Siz o‘sajak qamishlarga etkazing. Sizning holingizga tushmasinlar. Qamishni ba’zan tomga ham to‘shaydilar. Lekin baribir uning basharasiga loy chaplanadi…99 Keltirilgan matnda yakan deb nomlanadigan bir o‘simlik tasvirlanadi. Buni tasvir ob’ekti deymiz. Uning o‘simlik ekanligi haqidagi axborot birlamchi xususiyat hisoblanadi. Uning qanday o‘simlik ekanligi haqidagi axborot aloqador xususiyat hisoblanadi. Bu matnda aloqador xususiyat deb ataluvchi qism boshqa bir o‘simlik bilan bog‘liq tasvir fonida yanada ravshan ifodalangan. Yoki Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romanini bir saroy tasviridan boshlaydi:
Bu parchada tasvir ob’ekti - saroy, bugungi til bilan aytadigan bo‘lsak, mehmonxona. Uning Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari orasida mashhurligi haqidagi axborot birlamchi xususiyat bo‘lsa, hujra va jihozlar haqidagi axborot aloqador xususiyat hisoblanadi. Bu matnda ham ob’ektning aloqador xususiyati u erdagi insonlar tasviri fonida yanada aniq va tushunarli qilib tasvirlanyapti. Buni o‘z navbatida ikkilamchi xususiyat u bilan bog‘liq tasvirni esa ikkilamchi aloqador xususiyat deb atasak bo‘ladi. YAkan haqidagi matnda qamish ikkilamchi xususiyat, u bilan bog‘liq tasvir ikkilamchi aloqador xususiyat hisoblanadi. Mazkur matn o‘sha xususiyatlar tasviriga asoslanib shakllantirilgan. Matnda bunday aloqadorlik bitta yoki bir necha bo‘lishi mumkin. Bitta va ikkitalik turini tahlil qilish qulay. Agar ikkitadan ortiq bo‘lsa tahlil murakkablashib ketadi. Bunday paytda eng xarakterlisi va matnning tashkillanishida etakchilik qiladiganini olamiz. Buni quyidagicha formulalashtirishimiz mumkin: Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling