2.§ S i n t a k t i k h o d i s a l a r
(Les faits syntaxiques)
Sintaktik hodisalar matnni grammatik tahlil qilishda muhim o’rin tutadi. Biz quyida matnda uchrashi mumkin bo’lgan sintaktik hodisalarning ayrimlari haqida to’xtalmoqchimiz. Bu sizlarga fransuzcha badiiy matnlardagi sintaktik hodisalarni topishingizda katta yordam beradi.
Bizga ma’lumki, sintaktik hodisalar gap va uning turlari hamda gap bo’laklari kabi hodisalarni o’z ichiga oladi. Chunday ekan, quyida biz shular xususida qisqacha to’xtalishga harakat qilamiz.
1. G a p v a u n i n g t u r l a r i
(L a p r o p o s i t i o n e t s e s v a r i a n t es)
Ma’lumki, gaplar maqsadga ko’ra uch turga bo’linadi : darak gap (la proposition déclarative), so’roq gap (la proposition interrogative) va buyruq (his-hayajon) gap (la proposition impérative / exclamative ). Shulardan so’roq gap xususida to’xtaladigan bo’lsak, u fransuz tilida besh xil usul bilan yasaladi :
oddiy inversiya : Ce soir va-t-il au cinéma ?
murakkab inversiya : Ce soir Pierre va-t-il au cinéma ?
est-ce que yordamida : Est-ce que Pierre va au cinéma ?
ohang orqali : Pierre va au cinéma ?
So’roq so’z yordamida : Porquoi tu n’es pas venu ?
Fransuz tilida gaplar boshqa tillardagi kabi o’z tuzilish tarkibiga ko’ra sodda (la proposition simple) va qo’shma gaplarga (la proposition composée) bo’linadi. Shulardan qisqacha tarzda qo’shma gaplar xususida to’xtalmoqchimiz. Chunki matnlarni tahlil qilish jarayonida qo’shma gaplarning xilma-xiliga duch kelish mumkin. Jumladan, qo’shma gaplarning o’zi ikkiga bo’linadi : bog’langan qo’shma gaplar (la proposition conjonctive), ergashgan qo’shma gaplar (la proposition subordonnée).
B o g’ l a n g a n q o’ s h m a g a p l a r o’z navbatida ikkiga bo’linadi : bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar (la proposition coordonnée) va bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplar (la proposition juxtaposée).
Do'stlaringiz bilan baham: |